Get Mystery Box with random crypto!

𝗘𝘆 𝗶𝘆𝗺𝗼𝗻 𝗸𝗲𝗹𝘁𝗶𝗿𝗴𝗮𝗻𝗹𝗮𝗿: Sizlarga rizq qilib bergan pok narsa | Jdjdkk

𝗘𝘆 𝗶𝘆𝗺𝗼𝗻 𝗸𝗲𝗹𝘁𝗶𝗿𝗴𝗮𝗻𝗹𝗮𝗿:

Sizlarga rizq qilib bergan pok narsalarimizdan yenglar va Allohga shukr qilinglar» (Baqara surasi, 172-oyat).

Rizq halol boʻlishi uchun uning oʻzi ham, uni topish yoʻli ham halol boʻlishi shart.

Shuning uchun butun insoniyatga yoʻlboshchi boʻlib yuborilgan barcha paygʻambarlar kasb-hunar qilganlar.

Hazrati Odam alayhissalomdan tortib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamgacha oʻtgan barcha paygʻambarlarning halol kasblari boʻlgan.

Masalan, Ibrohim alayhissalom gazmol sotganlar, Nuh alayhissalom duradgor boʻlganlar, Idris alayhissalom xattot boʻlganlar, Dovud alayhissalom esa temirchi boʻlganlar.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam yoshliklarida choʻponlik qilganlar, keyin savdogar boʻlganlar.

Koʻrinib turibdiki, insonlarni toʻgʻri yoʻlga chorlagan zotlar, insoniyatning eng afzali boʻlgan zotlar ham halol mehnat, halol kasb evaziga hayot kechirganlar!...


@Xaqiqiy_Motivatsiya