Get Mystery Box with random crypto!

15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar m | Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar masalasida vazir o'rinbosari munosabat bildirdi

Xabaringiz bor 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali o‘qituvchilarni attestatsiyaga jalb qilish masalasi bo‘yicha yana tushunmovchiliklar boshlangan.

Shu sababli bugun bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ushbu masala yuzasidan vazirlik mas'ullariga yuzlandik.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilarning yillik ish stajini qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqib, ular orasidan shu toifaga kiradigan pedagoglar ro‘yxatini shakllantirish taklifini berdik.

Vazirlik ushbu o‘qituvchilarning malaka toifasi umrbod saqlanib qolinganligi hamda ularga oliy malaka toifa bo‘yicha haq to‘lab borish yuzasidan buyruq chiqarishi lozimligini ta'kidladik.

Bu haqida batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/489

Telegram I Facebook I YouTube