Get Mystery Box with random crypto!

Xalq banki ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarning “Sevinch”iga sa | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Xalq banki ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarning “Sevinch”iga sabab bo‘ldi

Toshkent shahar ko‘zi ojiz yoshlar markazi tomonidan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun Windows, Android, IOS va Linux tizimlarida ishlovchi o‘zbek tilidagi “Sevinch” deb nomlangan nutq sintezator ilovasi yaratildi.

Mazkur ijtimoiy loyiha Xalq banki homiyligida amalga oshirildi va kuni kecha loyihaning taqdimoti o‘tkazildi.

“Sevinch” ilovasining imkoniyatlari juda ko‘p va u ko‘zi ojiz, zaif ko‘ruvchi insonlarga har qadamda yaqin ko‘makchi bo‘la oladi.

Xususan, ilovada:
kompyuter va mobil qurilmalardan o‘zbek tilida foydalanish;
maktab, oliygoh va barcha o‘quv yurtlarida tahsil oluvchilarning darsliklardan to‘laqonli foydalana olishlari;
elektron hujjatlar bilan hech qanday to‘siqlarsiz ishlash;
o‘zbek tilidagi elektron kitoblarni o‘qish kabi keng imkoniyatlar yaratilgan.

Qariyb 1,5 asrdan beri xalq xizmatida bo‘lgan O‘zbekistonning birinchi banki sifatida xalqimizni har jabhada qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz .