Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekistonning birinchi banki 'The Investor'ning birinchi sah | Xalq Banki | Rasmiy kanal

O'zbekistonning birinchi banki "The Investor"ning birinchi sahifasida 

Fransiyaning nufuzli xalqaro jurnali “The Investor” jahon davlatlarining ilg‘or iqtisodiyot tarmoqlari to'g'risida yoritish orqali mamlakatga investorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilishda samarali platforma hisoblanadi. Nashr o‘quvchilarining 76%ni ziyolilar, biznes olami vakillari tashkil qiladi.

Jurnalning O‘zbekistonga bag‘ishlangan soni nashrdan chiqdi. Undan O‘zbekistonning birinchi banki–Xalq bankining mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqidagi ma’lumotlar ham o‘rin olgan. 

Nashrning ilk 2 sahifasida Xalq banki hamda 83-sahifasida "xazna" mobil ilovasining afzalligi haqida keltirilgan. 32-33-sahifalarda Xalq bankining jamiyatimiz rivojiga qo'shayotgan hissasi va Boshqaruv Raisining intervyusi joy olgan. 

Nufuzli jurnalda qariyb bir yarim asrlik tarixga ega Xalq banki haqida maqolalarning chop etilishi faoliyatimiz bilan xorijiy investorlar ham yaqindan tanishishiga xizmat qiladi.