Get Mystery Box with random crypto!

Xalq bankida onlayn efir! 2023-yilning 1-aprel holatiga Xal | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Xalq bankida onlayn efir!

2023-yilning 1-aprel holatiga Xalq banki tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 28 970 nafar yuridik va jismoniy shaxslarga jami 616 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. Natijada, respublika bo'yicha 30 mingga yaqin yangi ish o'rni tashkil etildi. 

Xalq bankining rasmiy sahifalarida muntazam o'tkaziladigan to'g'ridan-to'g'ri jonli efirning navbatdagi soni aynan "Oilaviy tadbirkorlik davlat dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlar" mavzusiga bag'ishlanadi.

18-may soat 16:00da bankning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida bo'lib o'tadigan jonli efirni kuzatib borsangiz, mavzu bilan bog'liq barcha savollarga mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

Erkin formatdagi uchrashuvni o‘tkazib yubormang!

————
Facebook | Instagram | Telegram | Youtube