Get Mystery Box with random crypto!

Kredit ta’minoti nima va u nega kerak? Ta'minot - berilgan kr | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Kredit ta’minoti nima va u nega kerak?

Ta'minot - berilgan kredit bo'yicha bank manfaatlarini himoya qilish mexanizmlaridan biri. U asosan mijoz katta miqdordagi kredit olishni xohlasa yoki uning kredit tarixi salbiy bo'lsa so‘raladi.

Agar kredit ta'minotini taqdim etolsangiz, sizning oldingizda quyidagi "imkoniyatlar eshigi" ochilishi mumkin:
kattaroq miqdorda kredit olish;
kredit shartnomasini uzoqroq muddatga rasmiylashtirish;
so’ralgan kredit miqdori tasdiqlanishi ehtimoli yuqoriroq bo’lishi.

Ta'minotga nimalar kiradi?
Ta’minotning barcha shakllarini ikki turga bo'lish mumkin:
asosiy shakllar: garovga qo'yiladigan mol-mulk, jismoniy yoki yuridik shaxsning kafilligi, sug'urta;
qo'shimcha shakllar: bank kafolati, bank depoziti.

Kelgusida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun barcha majburiyatlarni bajara olishga ishonchingiz komil bo'lsagina, garov bilan ta'minlangan kreditlardan foydalanishni tavsiya qilamiz.