Get Mystery Box with random crypto!

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlik uchun imtiyozli kred | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit!

Xalq banki Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida paxta va g‘alla yetishtirishdan tashqari barcha qishloq xo‘jaligi sohasidagi investitsiyalar hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun moliyaviy ko‘mak kerak bo‘lgan fermerlarimizga xorijiy investitsion liniyalar (XQXTJ) hisobidan kredit taklif qiladi. 

Kreditning maksimal miqdori:
 – Fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun - $500 000 (yoki milliy valyuta(so‘m)dagi ekvivalentda);
 – Yosh tadbirkorlik subyektlari uchun - $50 000 (yoki milliy valyuta(so‘m)dagi ekvivalentda).

Muddati: 10 yilgacha;
Imtiyozli davri: 3 yilgacha;
Yillik foiz stavkasi: 19% (AQSH dollarida - 6,5%).
Kreditni to‘lash davri - har 6 oyda bir.


Aloqa markazi:
1106 | @xbcallsupport

Batafsil ma'lumot uchun: 
xb.uz
  +998 78 120-1700 (ichki raqam 1126)