Get Mystery Box with random crypto!

Sirdaryo va Navoiy viloyati filiallari “yagona bank kodi”ga o‘ | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Sirdaryo va Navoiy viloyati filiallari “yagona bank kodi”ga o‘tkazilmoqda.

Xalq bankida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish maqsadida, 2023-yil 14-17-aprel kunlari Sirdaryo viloyatining Guliston shahar filiali, Sirdaryo shahar, Yangiyer, Boyovut, Sardoba, Guliston tumani, Sayxunobod, Oqoltin, Mirzobod va Xovos filiallari yagona MFOga o‘tkazillishini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, Navoiy viloyatining Zarafshon, Karmana, Navbahor, Qiziltepa, Xatirchi va Nurota filiallari ham "yagona bank kodi"ga o‘tkazilmoqda.

Yagona MFOga o‘tkazish jarayonida bankomat hamda bank kartalarida o‘tkaziladigan amaliyotlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.