Get Mystery Box with random crypto!

'Dada, pul nima uchun kerak?'  Bolalarni kelajakda moliyaviy | Xalq Banki | Rasmiy kanal

"Dada, pul nima uchun kerak?" 

Bolalarni kelajakda moliyaviy mustaqil bo‘lishlari uchun ularga kichikligidan pul bilan to‘g‘ri muomalada bo‘lish kerakligini o‘rgatish lozim. Psixologlarning fikricha bolada 3-4 yoshdan pulga munosabat shakllanadi va shu bilan bog‘liq savollari ko‘payadi. Bunday vaziyatda quyidagicha yo‘l tutishni tavsiya qilamiz:

pul nima va u qayerdan olinishini tushuntirib berish;
oila budjeti bilan tanishtirish;
pulni oqilona sarflashni turli o‘yinlar bilan o‘rgatish;
pul jamg‘arish uchun to‘g‘ri maqsadlar qo‘yishda yordam berish; 
moliyaviy vositalar haqida gapirib berish lozim. 

Farzandning moliyaviy tushunchasini kengaytirish uchun ba'zida u bilan birgalikda xaridlarni amalga oshirish ham foydadan holi bo‘lmaydi. Bu uning:
mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi;
arifmetik amallarni tushunishini osonlashtiradi;
moliyaviy savodxonligini oshiradi.

Bola voyaga yetganida o‘z mablag‘larini to‘g‘ri yuritishini istasangiz hozirdanoq moliyaviy savodxonligini oshiring.