Get Mystery Box with random crypto!

Xalq bankining 35 ta filiallariga quyosh panellari o‘rnatildi. | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Xalq bankining 35 ta filiallariga quyosh panellari o‘rnatildi.

Respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda.

Xususan, Xalq banki tomonidan ham bank binolariga quyosh panellari va issiq suv kollektorlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Bugungi kunga qadar bankning 35 ta filiallariga 1 170 kVt quvvatidagi 2 128 ta quyosh panellari o'rnatildi. Bu esa elektr energiyasi iste'molining 20-30%ni tashkil qiladi degani. 

Yil so‘ngiga qadar bank filiallariga 2 290 kVt quvvatdagi quyosh panellarini o'rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, bu taxminan 18 320 kv.m hudud elektr energiyasi bilan ta'minlanadi degani. 

Eslatib o'tamiz, Xalq banki tomonidan yashil energiya manbalari xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda:
yuridik shaxslar uchun
jismoniy shaxslar uchun
_______

на русском языке