Get Mystery Box with random crypto!

Yangi O‘zbekistonda yangilanayotgan Konstitutsiya!⠀ Xalq bank | Xalq Banki | Rasmiy kanal

Yangi O‘zbekistonda yangilanayotgan Konstitutsiya!

Xalq bankida Oliy majlis Senat qo‘mita raisi, bank Boshqaruvi Raisi birinchi o‘rinbosari hamda xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bank xodimlari Konstitutsiyaga aynan qanday o‘zgartirishlar kiritilayotgani va uning asoslari nimalardan iboratligi haqida ma'lumotga ega bo'ldi.

Barchamizga ma'lumki, qomusimizning yangi tahriri aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi hamda fuqarolik jamiyatini yaratishda muhim omil sanaladi. 

Tadbir davomida yangilanayotgan Konstitutsiyaga bank-moliya sohasiga oid kiritilgan 41-, 150- va 151-moddalarga ham to'xtalib o'tildi.