Get Mystery Box with random crypto!

Xalq banki xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol qatnashdi | Xalq Banki

Xalq banki xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol qatnashdi

Ramazon hayiti — poklik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi. Ushbu ayyomga hozirlik obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlaridan boshlanadi. 

Shu bois, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishiga asosan mamlakatimiz boʼylab umumxalq xayriya hashari oʼtkazilmoqda.

“Mahalla obodligi — yurt farovonligi” shiori ostida tashkil etilgan ushbu xayrli tadbirlarda Xalq banki tizimi xodimlari ham faol ishtirok etdi. Xususan, moliya muassasasining barcha hududiy filiallarida uyushqoqlik bilan daraxtlar oqlanib, yon atrof tartibga keltirildi. Daraxt va gul koʼchatlari ekilib, koʼkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Taʼkidlash joizki, Xalq banki Boshqaruvi umumxalq xayriya hashari doirasida ijtimoiy koʼmakka muhtoj oilalar holidan xabar olishni ham rejalashtirgan.

————
Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram