Get Mystery Box with random crypto!

...Har tong “Serquyosh” sadolari jaranglashi bilan butun vujud | Xalq Banki | Rasmiy kanal

...Har tong “Serquyosh” sadolari jaranglashi bilan butun vujudimizda ajib entikish, dilimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini his etamiz. Nega? Chunki unda yurtimiz tarovati hamda xalqimizning orzu-intilishlari, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida tobora yuksalib borayotgan obro‘-e’tibori, kelajakka qat’iy ishonch bilan intilayotgan yoshlarning azmu shijoati aks etgan.

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki mamlakatimizning suvereniteti o‘laroq O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kunning 29 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni qizg‘in qutlaydi.

Yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va porloq istiqbolni sharaflovchi bu tarona baralla yangrayversin!

Facebook | Instagram | xb.uz | Youtube | Telegram