Get Mystery Box with random crypto!

O’zbekiston yoshlar ittifoqi TDYU boshlang’ich tashkiloti “Eng | Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti

O’zbekiston yoshlar ittifoqi TDYU boshlang’ich tashkiloti “Eng yaxshi loyiha“ tanlovini e’lon qiladi

Talabalarning universitet hayotida amalga oshirishga mo'ljallangan va talabalar uchun foydali bo'ladigan g’oya va loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi loyiha” tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun g'oya va loyihalaringizni yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda (4 kishidan oshmagan holda) 31-avgust kuniga qadar @furqati manziliga jo'natishingiz kerak bo'ladi.

Hakamlar hay'ati tomonidan saralab olingan "Eng yaxshi loyiha" mualliflari Yoshlar itttifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan taqdirlanadilar hamda ularga o'z loyihalarini amaliyotga joriy etishlari uchun amaliy yordam ko'rsatiladi.

Qo'shimcha ma'lumot yuzasidan bog'lanish uchun:
@furqati — Furqat Isoqov, tanlov koordinatori

@TDYUyoshlari