Get Mystery Box with random crypto!

​​Maktab, kollej va litsey o'quvchilari uchun super imkoniyat! | Xalqaro talaba

​​Maktab, kollej va litsey o'quvchilari uchun super imkoniyat!

O'zbekistondagi AQSH elchixonasi EducationUSA Academy Connects dasturini e'lon qildi.

Dastur 15-17 yoshli o'quvchilarga AQSH universitetlariga kirish jarayoni haqida ma'lumot beradi va ularga kirishga tayyorlaydi.

Dastur ingliz tilida, shaklda o'tiladi.

Shunigdek, ishtirokchilar universitetlarga virtual tarzda tashrid buyuradi, onlayn madaniy mashg'ulotlarda qatnashadi va ingliz tilisini yaxshilab olish imkoniga ega bo'ladi.

Kimlar qatnashishi mumkin?

Maktabming yuqori sinflarida yoki kollej/litseyda o'qiyotgan 15-17 yoshli o'quvchilar qatnashishi mumkin. Qatnashish uchun ingliz tilini kamida IELTS 5.5 darajada bilish kerak.

Nomzodga qo'yilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.


IELTS bo'lishi shartmi?

Yo'q. Dasturda qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va hk) bo'lishi shart emas. Lekin ingliz tilini kamida IELTS 5.5 daraja bilish lozim. Til sertifikati bo'lsa, nur ustiga nur.

Qatnashish pullikmi yoki ishtirokchidan biror xarajat qilish talab etiladimi?

Aslida bu dastur AQSH universitetlari tomonidan tashkillashtiriladi va unda qatnashish pullik. Lekin EducationUSA Academy Connects granti qabul qilingan o'zbekistonlik barcha o'quvchilar uchun dasturga qatnashish bilan bog'liq barcha xarajatlarni qoplaydi, ishtirokchidan umuman xarajat ketmaydi.

Bu aslida onlayn emas, oflayn dastur. Bunda AQSHga borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat xarajatlari ham qoplanadi. Lekin koronavirus sababli bu yil dastur onlayn tarzda bo'ladi (AQSHga borilmaydi).

Ariza topshirgan hamma qabul qilinadimi?

Yo'q, faqat munosib nomzodlar qabul qilinadi. Nomzodlar topshirgan arizalari asosida saralab olinadi.

Arizalar qanday topshiriladi?

Arizalar faqat onlayn tarzda qabul qilonadi. Ishtirok etmoqchi bolganlar 2022-yil 20-fevral, 18:00 gacha MANA BU ARIZANI to'ldirib, topshirishi kerak.

grantlar

Kanalimiz @xalqaro_talaba