Get Mystery Box with random crypto!

#Angren_shahar_46_maktab 2021-yil 11-fevral kuni Angren shah | ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИ УЧУН

#Angren_shahar_46_maktab

2021-yil 11-fevral kuni Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 46-sonli maktabda Aniq fanlar fan oyligi munosabati bilan “Matematik kecha” nomli tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirga Nizomiy nomidagi TDPU o’qituvchisi Munisa Ashurova, Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limi xodimlari S.Isayev, M.Xamzayev, M.Xusanova va shaharning yetakchi ustozlari tashrif buyurishdi. Tadbir doirasida maktabning 9-A va 9-B sinf o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat ruhida o‘tkazilgan Zakovat intellektual o‘yini barchaga manzur bo‘ldi. TDPU o‘qituvchisi Munisa Ashurova maktab o‘quvchilari uchun Python dasturlash tili va uni o‘rganish bo‘yicha zarur tavsiyalar berib o‘tdi. Yakunda 46-maktab va Nizomiy nomidagi TDPU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelgusida universitet va maktablar o‘rtasidagi bunday hamkorlikni shahardagi barcha maktablar bilan amalga oshirish masalasida kelishuvga erishildi.


@xalq_talimi_xodimlari