Get Mystery Box with random crypto!

MUDDATIDAN AVVALGI TALABALAR SAFI ORTMOQDA Toshloq tumani | Xalq taʼlimi vazirligi

MUDDATIDAN AVVALGI TALABALAR SAFI ORTMOQDA

Toshloq tumanidagi 6-umumiy o'rta ta'lim maktabi 11-"B" sinf o'quvchisi Qosimov Hojiakbar Xayrullo o'g'li muddatidan avval talabalikka qabul qilindi.

Joriy yilning 25 mart kuni Toshkent shahrida o'tkazilgan "Toshkent International Unversity of Education" unversitetining IT (Ahborot texnologiyasi) yo'nalishidagi imtihoniga qatnashdi va yuqori natijaga erishib, o'qishga qabul qilindi.

Hojiakbar 2003-yilda Farg'ona viloyati Toshloq tumani Yakkatut mahallasida tug'ilgan. Oilada 6 nafar a'zo bo'lib, Hojiakbar to'ng'ich farzand.
Ota-onasi farzandlari ta'limiga alohida e'tibor qaratmoqda.

Hojiakbar maktabda a'lo baholarga o'qiydi. Darsdan songgi mashg'ulotlarga muntazam qatnashadi. Ingliz tili va informatika fanlarini chuqur o'rganib boradi.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.