Get Mystery Box with random crypto!

#Hadis Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasu | 🌟 Ҳ̤а̤д̤и̤с̤ в̤а̤ Ҳ̤а̤ё̤т ̤🌟

#Hadis
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Yetti narsa (kelishidan oldin) yaxshi amallarni qilib qolishga shoshilinglar. Bunda sizlar quyidagi narsalarni kutasizlar xolos: 1) Kambag‘allik – bu hamma narsani unuttirib yuboradi. 2) Boylik – tug‘yonga ketishlikka sababchidir. 3) Bemorlik – barcha narsani fasod qiladi. 4) Qarilik — hamma narsani xotiradan chiqarib yuboradi. 5) O‘lim – tamom qilib tezlatuvchi. 6) Dajjol – kutilayotgan g‘oib narsalarning eng yomoni. 7) Qiyomat – falokatlarning eng og'iri va achchig'idir.

(Izoh: Inson mana shu yetti narsa kelmasidan oldin vaqtni g‘animat bilib, oxirat uchun tayyorgarligini qilib qo‘ymog‘i lozim.)

Imom Termiziy rivoyatlari.
Riyozus solihiyn

Дўстларингизга Улашинг
   @Xadis_va_xayot
  •┈┈┈•• ••┈┈┈•
https://t.me/joinchat/AAAAAE_xPH3Ji0AFBa9lxQ