Get Mystery Box with random crypto!

#qizlaruchun Bir sirni ochaman... «Najot Ta'lim»da to'laqon | Хадижа Тохиржонова

#qizlaruchun

Bir sirni ochaman...

«Najot Ta'lim»da to'laqonli gender tengili bor. Ayniqsa fikringizni bildirayotganingizda, ilm olish vaqtida, baxs va munozarali paytlarda to'laqonli tenglik mavjud. Ya'ni sizning fikrizngiz har qanday holatda ham inobatga olinadi va hurmat qilinadi.

Ammo qachonki uzundan-uzun navbatda turib qolsangiz, bu tenglik yo'qoladi. Ayol-qizlarga o'z o'zidan iloji boricha birinchilardan navbat berishga harakat qilinadi.

Erkin ishlay olishingiz uchun (rasmda ko'rayotganingizdek) alohida ayollar uchun maxsus ajratilgan co-working bor va u yerga erkaklar co-workingi doimgidek to'lgan taqdirda ham ayollardan boshqa hech kimga o'tirishga ruxsat berilmaydi.

Yana bir sirni ochsam.. Yuqoridagi tenglik to'lov paytida ham o'zgaradi ) Ya'ni ayol-qizlar qaysi kursga to'lov qilishlaridan qati nazar 10% chegirma beriladi. Bu narsalar o'z o'zidan ayollarni o'qishini qo'llab quvvatlashlarini bildiradi.

Ajoyib-a?)
Bunday holat nima deyilishini rosti bilmayman. Oxirgi paytlar eng ko'p so'rab surishtirgan so'zim bu qadriyat so'zi bo'lsa kerak va uni hamma har xil (subyektiv) tarifladi.

Menimcha kimdur xuddi mendek mendan kelib qadriyat siz uchun nima deb so'rasa yuqoridagilarni aytib misol keltirsam kerak

P. S. Albatta bir to'rtburchak xonaga to'rt tarafdan qarasa bo'lganidek bu meni burchagimdan ko'rilgan «Najot Ta'lim»