Get Mystery Box with random crypto!

#Moziy sadosi Nuh alayhissalom qavmini Alloh taologa iymon ke | Xadicha.uz

#Moziy sadosi

Nuh alayhissalom qavmini Alloh taologa iymon keltirishga 950 yil daʼvat qildilar. Itoatsiz qavm but sanamlaridan voz kechishni istamas, Nuh alayhissalomni ayovsiz kaltaklar va masxara qilar edilar. Alloh taolo Nuh alayhissalomga kema yasashni amr qilganida u zot ulkan daraxtdan kema yasashga kirishdilar. Sarkash qavm esa "kechagina paygʻambar eding, endi duradgor boʻlib qoldingmi", deb istehzo qilgani yetmagandek, kemaning ichini xojatxonaga aylantirib yubordilar. Ular endi yasalayotgan kemani najosatlari bilan bulgʻab nafratlarini ifoda etardilar. Koʻp oʻtmay shunday nopok ish qilayotganlarning badanida  ommatan pes paydo boʻla boshladi. Kunlarning birida bir badbaxt  kemani najosat qilayotgan vaqtida bexos badanidagi pesga oʻz najosati tegib ketadi va shu joydagi pes yoʻqoladi. Buni sezgan haligi kofir  darhol najosatini pes chiqqan oʻrinlarga surkab koʻradi. Qarangki, badanidagi dogʻlar yoʻqoladi. Bu holni eshitgan barcha kofirlar kemaga shoshiladilar. Va koʻz ochib yumguncha oʻz najosatlari bilan iflos qilgan kemani yogʻ tushsa yalagudek tozalab qoʻyadilar.

Axmedova Muattar


@xadichauz