Get Mystery Box with random crypto!

#muhim 'Endi puli yoki tanishi borlar emas, faqat bilimi borl | XABARLAR | Расмий Канал

#muhim

"Endi puli yoki tanishi borlar emas, faqat bilimi borlargina rulga o‘tiradi" — vazir o‘rinbosari

IIV o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev Toshkent shahridagi haydovchilarga guvohnoma berish imtihon markazini ochib berdi. Ochilishdagi nutqida avtomaktablar va malakaga ega bo‘lmagan haydovchilar haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Faqat yetarli bilim va malakaga ega haydovchilarga guvohnoma berilishni boshlagach, yo‘llarimizda ham haydovchilik madaniyati oshadi, yo‘l-transport hodisalari kamayadi. Chunki xohlaymizmi, yo‘qmi, aksariyat noxush holatlar aynan bilimsizlik ortidan yuzaga kelmoqda. Xulosa qilib aytganda, Endi puli yoki tanishi borlar emas, faqat bilimi borlargina rulga o‘tiradi" - deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari.

Toshkent imtihon markazi 4-fevraldan o'z faoliyatini boshlaydi

Haydovchilar uchun kanal!