Get Mystery Box with random crypto!

— Qadim zamonda bir saxoba o‘tgan ekan. Oy desa oyday, kun des | X77 | ...

— Qadim zamonda bir saxoba o‘tgan ekan. Oy desa oyday, kun desa kunday, yakkayu yagona qizi bor ekan. Bir kuni uch joydan uch sovchi kepti. Saxoba sovchilarning dili og‘rimasin, deb uchalasigayam rozilik berib yuboribdi. Keyin nima qilishni bilmay, Xudoga nola qipti. O‘zi bittayu bitta qizim bo‘lsa, uch joyga so‘z berib qo‘ygan bo‘lsam, endi nima qilaman, deb yig‘labdi. Shunda Xudoning rahmi kelib bir kechada saxobaning sigiri bilan echkisiniyam qiz qilib qo‘yibdi. Uchala qiz bir xil emish. Uch sovchi uch qizini to‘y-tomoshalar bilan olib ketibdi. Shunda saxoba Xudoga yana nola qipti. Qaysi biri o‘zimning qizim ekanini endi qayoqdan bilaman, debdi. Xudodan nido kepti: eshikdan kirib borganingda salom berib kutib oladigan, erini, qaynota-qaynonasini, qaynbo‘ yinlarini hurmat qiladigan qiz— o‘zingning qizing. Hech kimni hurmat qilmaydigan, shaltoq qiz sigiring. Hech kimni hurmat qilmaydigan og‘zi shaloq qiz — echking bo‘ladi debdi. Har xil xotinlar o‘shandan tarqalgan emish. Biri esli-hushli, chaqqon, biri — shaltoq, biri adabsiz...

Dunyoning ishlari

@X77Blog