Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli abonentlar! Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar s | Beeline Uzbekistan | DIGITAL Operator

Hurmatli abonentlar!

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish va yangilash ishlarini olib bormoqda.

Shuni ma'lum qilamizki, 2022 yil 23-noyabr kuni soat 03:00 dan 06:00 gacha quyidagi turdagi operatsiyalar bo'yicha qisqa muddatli 40 daqiqagacha uzilishlar kuzatilishi mumkin:
- Xizmatlarni yoqish/o'chirish, tarif rejani almashtirish;
- Abonentlarni ulash/o'chirish;
- Balansni to'ldirish;
- Off-line rouming uchun hisobdan yechilishi;
- Oxirgi 2 kunlik tafsilotlarni ko'rish;
- Beeline Uzbekistan va Beepul ilovalariga ta'siri;
- Maqsadli marketing dasturi bo'yicha bonuslarni taqdim etish;
- Joriy kun uchun tafsilot ma'lumotlarni olish imkoni mavjud bo'lmaydi;
- Shaxsiy kabinetni ishlatish, xizmatlarni yoqish/o'chirish, tarif rejani almashtirish, SMS/USSD/WEB orqali ishonchli to'lov olish, tafsilotlarni olish, barcha balanslar haqidagi ma’lumot hamda so'nggi uch kunlik qo’ng’iroqlar tafsiloti bo'yicha ma'lumotlarni olish imkoni mavjud bo'lmaydi;

Surxondaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlari abonentlari uchun belgilangan vaqtda 30-40 daqiqagacha quyidagi turdagi operatsiyalar ishlamaydi:
- kontentni yetkazilishida imkoniyati bo'lmasligi, xizmatlarga obuna bo'lish/obunani bekor qilish so'rovlaridan foydalanish imkoni bo'lmaydi;
- axborotli SMS-xabarnomalarning kelmasligi, BeepCall, Avtoto’lov, tezlikni pasaytirish kabi eslatmalarning yetkazib berilishida kechikishlar;
- kontent raqamlariga va xalqaro qo'ng'iroqlarga SMS yuborilishida cheklovlar kuzatilishi;
- GPRS sessiyalarida mavjud bo'lgan sessiyalardagi qisqa muddatli uzilishlar;
- onlayn roumingdagi abonentlar uchun Internetni tariflashda qisqa muddatli kechikish 0 gacha narxlanishgacha.
- roumingdagi qo'ng'iroqlarda qisqa muddatli cheklovlar kuzatiladi;
- qo'ng'iroqlar va smslar bo'yicha cheklanishlar;
- kontentni yetkazilishida imkoniyati bo'lmasligi, xizmatlarga obuna bo'lish/obunani bekor qilish so'rovlaridan foydalanish imkoni bo'lmaydi;
- Oylik abonent to'lovi yechilishi va bonuslarni taqdim etilishida kechikish bo'lishi mumkin.

Ishlar tugagandan so'ng, narxlanish boshlanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so'raymiz.

@wwwbeelineuz