Get Mystery Box with random crypto!

​​#LifeStories 2011-yil) Hozir o'tirib 1-sinfga borayotgan | مع سغديانة

​​#LifeStories

2011-yil)

Hozir o'tirib 1-sinfga borayotgan paytim esimga tushib ketdi . Yo'lda ayam bilan ketyabmiz, hayolimga tinmay ayamni daftar tekshirishlari, qizil bilan xatolarni ( ) ustilariga chizishlari esimga kelardi. Tinmasdan yig'lardim: "Men bilmimanku yozishni, qanaqib yozaman hozir borsam, hamma biladi katta mendan etta..." deb . Shunaqa qilib maktabga borganimdan keyin, o'qituvchim o'zi yaxshilab tushuntirgandan keyin to'xtaganman yig'lashdan: "Senga o'zim o'rgataman voy aylanay hech kim bilmaydi, kelib maktabda o'rganadi hamma". Lekin sentabrni yarmidan borganimga qaramay, hammadan tez yozib birinchi kundayoq ular o'rganayotgan narsalarga yetvoganman )

Xulosa: Aslida, umuman olganda, hamma narsadayam qiyinchilik bo'ladi, boshida yig'laymiz eplolmayman deb. O'sha paytda sabr qilsak vaqt o'tgan sayin barchasiga ko'nikib, harakat qilsak o'sha sohada eng zo'ri bo'lishning imkoni borligini yoddan chiqarmaslik kifoya)

@withsugdiyona