Get Mystery Box with random crypto!

#ramazonim Laylatul qadr kechasi haqidagi 3 xato fikr 1. Bu | Just me🍀

#ramazonim

Laylatul qadr kechasi haqidagi 3 xato fikr

1. Bu kecha 1000oyga teng
- Qadr surasi 3-oyatda "qadr kechasi ming oydan afzalroqdir" deyilgan. 1000oyga teng emas. Bu kechaning xayru barokotini cheklab qo'ymang, ming kechaga teng deya.

2. Laylatul qadr - qadr kechasi ramazonning 27-kechasi
- bu bir fikr, ehtimol. Biz oxirgi 10 kunning toq kechalaridan Qadr kechasini izlashimiz kerak, bunda ham bir hikmat bor. Qadr kechasi bu kechalarning istalgan birida yashiringan bo'lishi mumkin

3. Qadr kechasi tunda, yarim kechada boshlanadi (yoki xuftondan, tarovehdan keyin)
- Aslida kecha shomdan hoshalandi va bomdodgacha bo'lgan muddatda davom etadi.

Shabbirhsn

Shomdan bomdodga qadar ibodatda bo'ling, zikr ayting, istig'for ayting. Ayni 4 rakatli namoz o'qish kerak, falon narsa qilish degan gap yo'q. Aksar bunaqa gaplar asossiz, manbasiz. Iltimos, manbasi bo'lmagan ma'lumotlarga ishonmang.

Oisha onamizdan rivoyat qilingan hadisda "kim qadr kechasi o'rnidan turib, ikki rakat namoz o'qisa va tavba istig'for etsa, Alloh uni mag'firat aylayfi. Allohning rahmatiga erishadi. Jabroil uni qanoti bilan silaydi. Jabroil qanoti bilan silagan har bir kishi jannatga kiradi" deyilgan.

Alloh barchamizni Qadr kechasini topishlik, O'zining rahmati, mag'firati, avfiga yetishishlik bilan ikrom qilsin.