Get Mystery Box with random crypto!

Qachonlardir bu dunyodan ketishimni bilaman ? Bugun ? Erta ? | With Nagona

Qachonlardir bu dunyodan ketishimni bilaman ?
Bugun ? Erta ? Indin? Alloh bilguvchi !
O'lim bu inkor qiladigan, qochadigan, yaxshi niyat qilsangchi deydigan holat emas.
O'lim go'zal, qachonki siz Rohmanning rahmidan umid qilib vafot topsangiz, o'lim go'zal qachonki sizda gunohlar yozilishi to'xtaganda. O'lim go'zal ortingizdan farzandlaringiz savobini sizga bag'ishlab Qur'on hatm qilsa.
O'lim go'zal, Barzax hayotida farishtalar sizga go'zal muomalada bo'lsa. O'lim go'zal qachonki, Jannatning bir yeri qabringizda nishona sifatida ko'rinib tursa.

Ammo !

Siz o'sha go'zal o'lim uchun, hozir yashashingiz kerak ! Hozir qilishingiz kerak ! Hozir nafas olishingiz kerak ! Hozir amal daftaringizni to'ldirishingiz kerak !
Hozir ! Ertaga ham emas, keyinroq ham emas, 1 oydan keyin ham emas.
Hayotimiz hozirga tayangan, 1 soniya siz uchun o'tadimi yo'qmi bilmaymiz.

Aslida qachon vafot topishni bilmay yashash go'zaldir, na umid bor, na xavas...


@withnagona