Get Mystery Box with random crypto!

#deep O'zbekiston! Ko'p joylarda, jumladan ba'zi ' o'qimishl | ~euphoria 🫧

#deep

O'zbekiston!


Ko'p joylarda, jumladan ba'zi " o'qimishli" insonlarning kanallarida, kommentlarda,va "ziyoli" qatlamning bio'sida ko'zim tushib qoladigan va dilimni xira qiladigan narsa bu O'zbekistonni pastga urib, " = " shu kabi belgilarni uyalmasdan ishlatishi....

Tanqid qilaman, xafa bo'lmaysan!
(Atalgan!)

Fikrlab ko'ring agar 30yil avval birinchi prezidentimiz I.A Karimov "Biz mustaqilmiz!" deya 30dan ortiq davlatlar ichida jar solmaganida edi,balki hozirgi kunlarni ko'rmasmidik,hali hamon mustamlaka bo'larmidik balki...
Hammasi Allohga a'yon. Nega endi siz tengi,biz tengi insonlar har kuni o'qib izlanib, yurtimizni rivojlantirish uchun harakat qilayotgan bir paytda,Siz hayotingizdan noliyabsiz?
Ho'p, O'zbekistonda yashashdan or qilar ekansiz, shartta survoring unda, o'sha orzu qilgan joylaringizga. Toki,Vatandan uzoqda yashash qanday og'ir ekanini anglamaguningizcha o'sha yerlarda yuravering. Alloh ham shukr qilgan o'zida bor narsalarni qadrlagan insonning rizqini ko'paytiradi,hamma narsadan noliyverish,ayb topish musulmonlarga yarashadigan ish emas zero...

30yil avval qanday davlat edi O'zbekiston?
Hozir qanday?
Butun dunyo tan olyaptiku, O'zbekiston jadal rivojlanayotganini, hali yana 30yildan keyin qanday darajadagi davlat bo'lamiz shu ketishda?
Tanganing ikkinchi tarafi borki, kelajak "O'zbekiston tengdir O'zbekistonga!" deydigan manqurtlarning qo'lida ekan, yurtimizning mavqe'i pasaysa pasayadiki,oshmaydi,buni oldini olish,aksincha O'zbekistonni rivojlantirishimiz kerak!

Nega Amerikani hamma orzu qiladi?
Hammamiz nega aynan o'sha yerlarda yashashni xohlaymiz?
Nega endi O'zbekiston ham kun kelib Amerika darajasidagi davlat bo'lmasligi kerak ekan?
Va nima uchun biz harakatni bugundan boshlamayabmiz?
Tengdoshim, kimlarning avlodi ekaningizni unutmang,ajdodlarimizga munosib avlod bo'lishimiz kerak!
Hamma narsaga sabr orqali erishiladi, yillar o'tadi, O'zbekiston degan nom tillarda chiroyli jaranglaydi,balki u kunlarni Siz bilan men ko'rmasmiz,lekin shu kunlar tezroq kelishi uchun aynan BIZ harakat qilishi kerak!
Qachon o'sish,rivojlanish bo'ladi?
Qachonki, insonlar "men"degan so'zni o'rniga "biz" ni ishlatishni boshlashsa, egoist bo'lish o'rniga hammani birdek o'ylashsa.

Endi aytishingiz mumkin:"Bu postni yozishga yozibsan,lekin o'zing ham Amerikada o'qimoqchisanku?"
- Birinchidan hech kim kafolat bera olmaydi hali Amerikaga ketamanmi yoki yo'q, Allohga tavakkal qilib shuncha narsaga erishdim,bundan keyin ham bo'ladigan narsalar ham hammasi Allohdan.
-Ikkinchidan Amerikaga ketib bir umr qolib ketish niyatim yo'q meni, bakalavrni tugatishim bilan vatanimga qaytaman.

Umuman olganda, men vatanimizni yaxshi ko'raman,shukr qilaman shunday musulmon yurtda tug'ilganimga.
Tasavvur qiling,agar Afg'oniston yoki Suriyada tug'ilganimizda nima bo'lardi?
Shukr qilaylik,erkin nafas olyapmiz,hamma sharoit bor, hech kimdan kam emasmiz, Yurtboshimiz butun e'tiborini bizlarga qaratyapti.
Lekin shunda ham ba'zilar noshukrlik qilishdan to'xtashmaydi...
Qiziq, ular o'z Vataniga shunday ko'z bilan qarashsa kelajakda kim bo'lib yetishadi,o'ylab-o'ylab o'yimga yeta olmay qolaman...
Kulguli jihati shundaki, instagramda video ishlab mashhur bo'lgan bir saviyasi past odamning gapini bugun million-million "insonlar" takrorlashyapti?
Ho'p senga o'rnak olish uchun boshqa inson yo'qmi,atrofingga qara,juda ko'p havas qilsa arzigulik insonlar bor,ota-onang,bobo-buvingdan o'rnak ol,ey, " instagramning quli"!

Negativlikni sevadigan ba'zi obunachilarim diqqatiga, xohlagangizcha tanqid qiling, o'zingizga o'xshagan negativ fikrlaringiz bilan zarracha qiziqmayman.
Bu mening hududim,chegaram yo'q,xohlaganimni yozaman!

@withmohinur