Get Mystery Box with random crypto!

Hammasi haqida

Telegram kanalining logotibi withmelearn — Hammasi haqida H
Telegram kanalining logotibi withmelearn — Hammasi haqida
Kanal manzili: @withmelearn
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5
Kanalning ta’rifi

Siz bilan hammasi haqida hamma narsani gaplashamiz!

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-02-06 18:47:48 https://www.facebook.com/kurdish.code/videos/777501389784933/


Kamera odam
52 views15:47
Ochish/sharhlash
2021-02-06 14:31:04 Ajoyib. TikTokda kim eng katta ahmoqlik qila olsa, unda shu "zvezda". Zoparkdan qochib ketganlarni tik-tokdan topasiz...
51 viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2021-02-06 14:29:11
Tik tokchila

Bizga Qo'shiling
https://t.me/joinchat/TmFW3GYOg9VQjk5r
49 views11:29
Ochish/sharhlash
2021-02-05 20:29:15
35 views17:29
Ochish/sharhlash
2021-02-04 08:41:08
Владимир Владимировичнинг ўгай фарзанди топилибди деган гаплар урчимоқда. Интернетга ўғлининг видеоси сиздирилибди

Каналга уланинг
@bahodirahmedoff
36 views05:41
Ochish/sharhlash
2021-02-04 08:34:37
#iqtibos


Boyish va rivojlanish uchun nafaqat yangi ideyalar, g`oyalar o`ylab topish kerak, balki eski va zararli, rivojlanishga g`ov bo`ladiganlaridan o`z vaqtida voz kechishni ham bilish kerak.

Uorren Baffet
28 viewsedited  05:34
Ochish/sharhlash
2021-02-04 08:01:08 Тадбиркорликни ривожлантиришнинг хитойча усули

Хитой ёқилғи нархларини кескин туширди – токи одамлар қўлида кўпроқ пул қолсину, кичик ва ўрта бизнес ривожлансин. Уларда айланма капитал кўпроқ бўлсин. Шунда, иқтисодиёт сусайиши шароитида мамлакатда ўсиш ва ривожланиш динамикасини сақлаб қолиш имконияти кўпроқ бўлади. Маъмурий тарзда танлаб олинган давлат гигантларини эмас, балки бутун мамлакат миқёсида кичик ва ўрта тадбиркорликни фаоллаштиришга урғу берилаётгани аҳамиятлидир.

Хитой ойига 750 долл.дан паст бўлган барча даромадларни даромад солиғидан озод этди. Ушбу қийматдан паст солиқлар назорати бўйича маъмурий, транзакциявий ва маънавий сарф-харажатлар, хитой ҳукумати фикрига кўра, бюджетга тушадиган суммадан анча кўпроққа айланади.

Хитой солиқ идоралари ойлик айланмаси 3000 долларгача бўлган ўзини-ўзи банд қилганлар, микро ва кичик бизнесга аҳамият бермайдилар. Майли, одамлар ишласинлар, тадбиркорликда ўзларини синаб кўрсинлар, билим ва тажриба орттирсинлар, хатолар қилиб пишсинлар ва янги лойиҳалар бошласинлар. Ҳар бир мардикор ёки уй тозаловчини солиққа тортишдан, минглаб инспекторлар ва назоратчиларни боқишдан кўра шуниси мамлакат учун фойдалироқ.

Ҳаётга очиқ кўз билан қарайдиган, доно хитойликлар бировлар мулкини тасарруф этувчилар, ҳуқуқни муҳофаза қилиш идоралари ва назоратчиларни рағбатлашнинг салбий аҳамиятини яхши биладилар.

Шу сабабли, оддий инсонни, кичик тадбиркорни ҳокимият вакилларининг суиистеъмолидан, пораю таъмагирликдан ҳимоя қилишнинг энг яхши йўли – жисмоний ва юридик шахс даромадининг бирорта назоратчи, бирорта погонлию погонсиз инспектор безовта қилишга ҳақи бўлмайдиган қуйи чегарасини белгилаш, деб ҳисоблайдилар.

Белоруслик иқтисодчи Ярослав Романчук.

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимизга аъзо бўлинг:

Telegram | YouTube | Facebook
24 views05:01
Ochish/sharhlash
2021-02-03 18:13:57
Misr fir'avni Ramses II mumiyasi Parijga eksport qilish uchun zamonaviy Misr pasportini oldi

1974-yil. Misr

Sizning o'lganingiz bizga ahamiyat bermaydi.

"Hujjatlar yo'q - kirish uchun ruxsat yo'q!" - dedi fransuz chegarachilari mumiyani Fransiyaga olib kelmoqchi bo'lganlarida. Mumiya inson murdasidir, odamda esa hujjat bo'lishi kerak. Shunda misrliklar miloddan avvalgi 1303-yilda tug'ilgan shaxs pasport tayyorlashdi.
@siyosiyong
23 views15:13
Ochish/sharhlash
2021-02-03 16:06:28 Ha aytgancha, Aleksander Kuley tomonidan 2012 yil chop etilgan "Buyuk o`yinlar, mahalliy qoidalar: Markaziy Osiyoda katta kuchlar kurashi" kitobida Markaziy Osiyodagi birinchi o`yinchi Amerika, ikkinchi o`yinchi Rossiya va uchinchi o`yinchi Xitoy deya fikr bildirilgan. Menimcha esa, 8-9 yil oldin yozilgan bu ma`lumotlar endi eskirib bo`ldi (hammasi emas).
Menimcha, shu kungacha Rossiya birinchi o`yinchi bo`lib kelgan, biroq endi bu o`rinni Xitoy egallasa kerak. Chunki Rossiya borgan sari iqtisodiy tomondan zaiflashmoqda.........

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/withmelearn
24 viewsedited  13:06
Ochish/sharhlash
2021-02-03 15:59:37 Va nihoyat mintaqadagi so`ngi o`yinch - bu Xitoy. Xitoyning Markaziy Osiyodagi ko'p qirrali strategiyasi Sharqiy Turkistondagi beqarorlik, Qozog'iston neft quvuri va Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvuri orqali energiya ta'minotini ta'minlash va targ'ib qilish bo'yicha xavfsizlik dasturini o'z ichiga oladi. So`ngi yillarda iqtisodiy aloqalar infrastrukturaga investitsiyalar kiritish orqali qarz berish hamda evaziga kerakli xomashyo zahiralariga ega bo`lishda namoyon bo`lmoqda. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) Xitoyning mintaqadagi davlatlar bilan strategik aloqasini tartibga soluvchi tashkilot hisoblanadi.

Kitobning yakuniy qismlarida muallif Markaziy Osiyodagi demokratik targ`ibot va inson huquqlarini muxofaza qilishdagi, shuningdek ichki hamkorlik va iqtisodiy integratsiyaga to`siq bo`layotgan ichki muammolar haqida bahs yuritadi.
Muallif fikricha davlat rahbarlari G`arb davlatlarining mintaqadagi inson huquqlari, nodavlat tashkilotlarni qo`llab-quvvatlash hamda demokratiyani targib qilishlarini tashqi kuchlarning “yomon manfaatlarni olga surishi” deya tamg`a bosib, demokratik boshqaruvni xalq oldida yomon otliq qilish va ichki siyosiy faollikni yo`q qilishga erishishdi. Natijada, mintaqada ichki siyosiy barqarorlikga urg`u berib, shaxsiy hokimiyatni legitimlashtiradigan o`ziga xos “demokratiya” varianti paydo bo`ldi.
Ildiz otgan korrupsiya, ma`lum elitaning iqtisodiy sohalarni egallab olishlari hamda davlat rahbarlarining siyosiy suverenitetdan voz kechishni xohlamasliklari esa mintaqadagi integratsiyaga to`siq bo`lmoqda.

“Buyuk o`yinlar, mahalliy qoidalar” kitobi Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlari siyosatining asosiy bog`inlarini ochib beruvchi eng muhim kitob desak mubolag`a bo`lmaydi. Kitobning o`ziga xosligi mintaqaning tashqi siyosati qanday qilib davlatlarning ichki siyosati bilan chambarchas bog`liqligini ochib berganida deb o`ylayman. Shu manoda, kitobni o`qigan odam nodemokratik davlatlardagi ichki va tashqi siyosiy qarorlar qanday qabul qilinishini misollar orqali ko`ra oladi. Kitobni hammaga tavsiya qilaman.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/withmelearn
22 views12:59
Ochish/sharhlash