Get Mystery Box with random crypto!

Insonlar qalbiga davo taskin beruvchi so'zlardir.. ​​Taskin be | Kalibri blogining linki🤭

Insonlar qalbiga davo taskin beruvchi so'zlardir..
​​Taskin beruvchi soʻzlarni eng koʻp aytadiganingiz aynan shu soʻzlarga eng koʻp muhtoj inson boʻladi.
U shunchaki atrofdan izlaganini, oʻz ichidan yulib olib sizga tuhfa qilish bahonasida ana shu soʻzlarni oʻziga ham tasalli sifatida qabul qilishni istaydi.
Ertangi kunga umid uygʻotadigan soʻzlariga sizdan koʻra koʻproq oʻzi umid bogʻlaydi.
Oʻzingizni sababsiz yaxshi koʻrishingiz kerakligini qayta-qayta aytar ekan oʻzi ham oʻzini besabab yaxshi koʻrishni uddalashni istaydi.
Oʻziga oʻzi malham qoʻyadigan bunday insonlar gʻalati, ojiz va yana aksincha qishda qolib ketgan soʻnggi qaldiroq kabi kuchli, kiprikdagi soʻnggi koʻzyosh kabi qaygʻuga toʻlgan...

Taskin boʻlma, insonlardan ham ularning bemaza dunyosidan ham yupanch izlash sen qilishing mumkin boʻlgan eng katta xato. Boshqalarga berib mehrni topish mumkin, ammo halovatni emas, ammo taskinni emas. Qiyinlashtirma. Hammasini qanday boʻlsa shunday qabul qil va yashagan kabi yashaganingdek yashayver jimgina...

@Withkalibri