Get Mystery Box with random crypto!

Shu masala ham qolib ketmasin-a? Buni sabablari ko’p. Asosiy | Fadriyya Farhod (stories)

Shu masala ham qolib ketmasin-a?

Buni sabablari ko’p. Asosiylari:

1. Man shaxsan u fond, ehsonlarni tekshirmas ekanman, u kazzoblikmi yo haqiqat 100% ajratmas ekanman, bunaqa mas’uliyatni bo’ynimga ololmiman. Tekshirishga esa na toqat, na vaqtim yetadi

2. Ko’p (95%) yordamga targ’ib qiladiganlar diniy yohud tuyg’ular bilan jiddiy manipulyatsiya qilishadi. Ularni o’qigandan keyin inson o’ziga zarur bo’lgan mablag’ni ham sarflab yuborishi yohud shu ishni qilmaganiga o’zini uzoq muddat ayblab, yemirib yurishi mumkin. Vaholanki gunoh emas edi

3. Shaxsan meni bunday xabarlardan har safar ichim og’riydi, yordam qilolmasang u og’riq 100 barobar kuchaygandek bo’ladi. 3mingdan ziyod insondan qanchasini sharoiti to’g’ri kelishini tabiiy-ki bilmayman, ularga oshiqcha aziyat yetkazishni ham xohlamayman