Get Mystery Box with random crypto!

With bibliophile 📚

Telegram kanalining logotibi with_bibliophile — With bibliophile 📚 W
Telegram kanalining logotibi with_bibliophile — With bibliophile 📚
Kanal manzili: @with_bibliophile
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69
Kanalning ta’rifi

🫧 Sinovlar tugasa demak, yo'l ham tugadi deganidir...
@Muxlisa_Abdukodirova_blog

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-04-09 21:51:35 #iqtibos

"Menimcha, Islom ahlining barchasi jamlab, Muhammad ibn Ismoilga o'xshash yana bir kishini yetishtirmoqchi bo'lishsa, buni eplay olishmaydi."
Muso Horun Hammol.

Makkada:

Buxoriy akasi va onasiga Haj nusuqlarini erinmay tushuntirib, birgalikda Haj amallarini bajarishayotgan edi va Hojarning Ka'baga yuzlanib, Robbiga duo qilishini voqeasini aytgandan so'ng Fotima shoshib qo'llarini duoga ochib chin dildan Robbisiga iltojo qildi:"Ey pok Parvardigor, hukumda tanxo Allohim! O'g'limdan roziligingni istab, Payg'ambar s.a.v.ning sunnatlariga xizmat qilishi uchun ushbu mukarram shahringda qoldirishni niyat qildim. O'g'limga ilm talabida sabr, qat'iyat va tavfia ato qil!"

Otalari esa Buxoriy hazratlari tug'ilganlarida:
"-Guvoh bo'linglar, uning ismini Muhammad qo'ydim. Bobomizning ismlari Ibrohim alayhissalomga adash edi, meniki Ismoil alayhissalomga adash qilib qo'yilgan, buning ismi oxirzamin Payg'ambari ismlariga adash bo'lsin. Chunki Allohning elchisini barcha insonlardan yaxshi ko'raman, hammadan ortiq suyaman. Guvoh bo'linglar, bu ismni qo'yishdan murodim, in shaa Alloh, o'g'lim Muhammadni Faxri koinotga sodiq inson qilib tarbiyalashdir. Guvoh bo'linglar, agar bunga umrim yetmasa, bu vazifa zavjamiz zimmasiga yuklanajak. Ey Hayy va Qayum, Farzandi arjumandni O'zing rozi bo'luvchi yo'llarga boshla!

"Sohilsiz dengiz"dan

P/s:Mana asil Muhammadning Imom Buxoriy bo'lishidagi ba'zi sabablar. Kitobda Buxoriyning ota-onalarining hayotidan tortib, muhaddisning bolalik, ta'lim olish jarayoni, u kishiga bo'lgan fitna-yu hasadlar ochiq bayon qilingan. Yuqorida kitobdan erinmasdan iqtiboslar keltirganimni boisi, farzandning yetuk shaxs bo'lishidagi ota-onalarning ro'li qay darajada muhumligini eslatish edi. Yana bu kitob haqida keyinroq yozaman.

@with_bibliophile
68 viewsedited  18:51
Ochish/sharhlash
2023-04-09 19:59:07
Masjidul-Aqso, Quddus, Falastin.

Ehtimol, Falastinning bosib olishda falastinliklarni eng katta qarshilik qiluvchi, kuchli tomoni bu - sobit e'tiqodidir!
Men bu rasmni uzoq vaqt tomosha qildim. Bu rasmni gavdalantirishga harakat qilaman.

Ayol sokin ko'rinadi, bir burchakda Qur'on o'qiyapti, o'rangan, pastda Masjidul-Aqso sumkasi. Ofitser ayolga qarab, balki, o'z hayoti, nima qilayotganligi haqida o'ylayotgandir.

Biz Allohga ishonsak, butun dunyo to'xtaydi. Haqiyqiy mazlumlar hech qachon bu go'zal tuyg'uni his qilmaganlar. Bizni ko'zimizda mazlum ko'ringanlar esa Haq Taolo nazdida qudratlidir.

Ko'zimizni yummasdan oldin, bu hayotda haqiyqiy kuch nima ekanligini anglab yetaylik!

zainabrights

@with_bibliophile
64 views16:59
Ochish/sharhlash
2023-04-08 03:37:48 #hadis

"Ummatim xususida xavfsiraydigan narsamning eng qo'rqinchlisi qorin kattaligi, uyqida bardavomlik, dangasalik va iymon zaifligidir". (Jobir r.a.dan Doraqutniy rivoyati)

Rasululloh s.a.v. :"Agar omonatlar zoe qilinsa, Qiyomatni kut", deganlarida sahobalardan biri:"Yo Rasululloh, omonatning zoe bo'lishi qanday?" dedi. Shunda Rasululloh s.a.v. "Agar ishlar o'z ahlidan bo'lmagan kishilar qo'liga qo'yilsa, Qiyomatni kutaver" dedilar. (Buxoroy rivoyati)

@with_bibliophile
64 views00:37
Ochish/sharhlash
2023-04-07 03:01:41 JUMA TONGIDA OʻQILADIGAN DUO HAQIDA

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim juma kuni bomdod namozidan oldin:

أسْتَغْفِرُ اللهَ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ القَيُّومُ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ

«Astagʻfirullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh”, deb uch marta aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz koʻpigicha boʻlsa ham, kechirib yuboradi»,
dedilar.

(Maʼnosi: Hay va qayyum sifatli Zotdan boshqa iloh yoʻq va Unga istigʻfor aytaman, Unga tavba qilaman.)


@with_bibliophile
68 views00:01
Ochish/sharhlash
2023-04-07 02:52:50
#Asmaul_husna

2. Ar-Rahmon - Ulug‘ ne’matlarni beruvchi.

Bu sifat faqat Allohga xos bo‘lib, barchaga – mo‘minga ham, kofirga ham mehribon va ne’mat beruvchi ma’nosini anglatadi.

Ar-Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib bo‘lmaydi. «Ar-Rahmon» ismi Qur’oni karimda 45 o‘rinda zikr qilingan bo‘lib, olti o‘rinda «Ar-Rahiym» ismi bilan yonma yon kelgan. Ba’zi ulamolar ushbu ismni «ismi a’zam» deb hisoblashgan. Allohning ismi a’zami har bir mo‘minga taalluqlidir. Masalan, kambag‘al mo‘minga nisbatan ismi a’zamning ma’nosi «behojat qiluvchi», bemor mo‘minga nisbatan «shifo beruvchi», kuchsiz mo‘minga nisbatan «kuch-quvvatli»dir.

Alloh taolo: «Allohga duo qilinglar, Rohmanga duo qilinglar – qaysisiga duo qilsangiz ham, baribir. Uning go‘zal ismlari bordir», degan (Isro surasi, 110 oyat).

@with_bibliophile
63 viewsedited  23:52
Ochish/sharhlash
2023-04-06 17:58:27 #iqtibos

Sizningcha, biz zolimlarmiz. Yoʻq, biz yashash uchun kurashayotgan odamlarmiz. Biz nima uchun Islomga, musulmonlarga qarshi kurashamiz, bilasizmi? Chunki biz kurashmasak Islom bizga qarshi kurashadi. Islom bizni yutib yuboradi. Buni tarix ko'rsatadi. Shunday ekan, musulmonlarni qamab, Yer yuzini Islomdan qutqaramiz, musulmonlardan tozalaymiz. Ba'zi millatlar yer yuzida ortiqcha, ayniqsa, turkiylar, ayniqsa uyg'urlar...

Xitoy juda katta kuch bilan uyg'urlarning ruhiyatini o'ldirishga intilyapti, lekin sizlar bu ruhni saqlab qolyapsiz.

Xalqadan

@with_bibliophile
60 viewsedited  14:58
Ochish/sharhlash
2023-04-06 17:42:06 Assalomu alaykum. Hayrli kech.

Kanalni nomini o'zgartirdim. Kutubxonachi deb o'ylab har xil tushunmaslik holatlari bo'lmasligi uchun.

Bibliophile - kitobsevar, kitob to'plashni yoqtiruvchi kitobxon.

@with_bibliophile
58 viewsedited  14:42
Ochish/sharhlash
2023-04-06 03:12:26 #iqtibos

Dinsizlik, ateizm rivojlangan, odamlar dinga amal qilmaslikka musobaqalashayotgan payt. Shunday bir davrda bir talaba "Farzandlarimga xatna to'yi qilaman, lekin aroq qo'ymayman" deb tursa, hech kim ishonmaydi. Hatto yaqinlarimiz talmovsirab: "to'yga hech kim, ayniqsa rahbarlar kelishmaydi", deyishdi.

Lekin to'y binoyidek, islom dini ko'rsatmalariga asosan o'tdi.Hech qanday harom-harish aralashmadi. Hatto rahbarlar ham ishtirok etishdi, anchagacha xalq: "Harom aralashtirmay, sunnatga muvofiq to'y-hasham qilsa bo'lar ekan-ku?!", deb gapirib yurishdi.


Bu to'y esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining xatna to'ylari edi.

"Islomga bag'ishlangan umr" kitobidan

@with_bibliophile
60 viewsedited  00:12
Ochish/sharhlash
2023-04-05 20:02:56
I love you...

@with_biblophile
58 viewsedited  17:02
Ochish/sharhlash
2023-04-05 03:26:09 Hayot, harakat, tavakkul, natija!

Hayot bu - kurash.
O'zing bilan o'zingni kurashing!

Hayot bu - sinov.
Nafsing va qulliging o'rtasidagi.

Harakat bu - borlik.
Sening hamon tirikliging.

Harakat bu - farq.
Kechagi sen bilan bugungi sen o'rtasidagi.

Harakat bu - ishonch.
Erishgan yutuqlaringga qarab keyin ham nimadir qo'lingdan kelishiga bo'lgan ishonch.

Harakat bu - imkoniyat.
Garchi imkoniyatlarni qayta-qayta yo'qgan bo'lsang ham.

Harakat bu - o'zlik.
O'zlikni anglashing qiyin. Lekin har doim izlash zavqli mashg'ulot.

Harakat bu - qadamlar.
O'zligingni topish yo'lidagi qadamlar.

Harakat - profissionallik.
Birinchi qadam balki muhimdir. Lekin harakatning davomiyligi profissionallikka olib boradi.

Harakat bu - yo'l.
Oxiri go'zal tavakkul bo'lgan yo'l.

Yo'l oxiri ko'rinmaydi va sizga bog'liqligi aynan shu yo'l oxirigacha.

Natija esa nasiba!

@with_bibliophile
59 viewsedited  00:26
Ochish/sharhlash