Get Mystery Box with random crypto!

Uydan òqishga yoki òqishdan uyga ketayotgan vaqtim yo’lda har | With|Personal blog

Uydan òqishga yoki òqishdan uyga ketayotgan vaqtim yo’lda har xil insonlarni uchrataman… Ba’zi ko’zlar shu qadar gapiradiki, najot kutayotgandek… Kimnidir ishda nohaq ranjitishgan, kimdir oilasiga olib borishga oziq-ovqati yo’qligidan ranjigan, ba’zilar yaqinini yo’qotgan, ba’zilar esa hayotda nimagadir erishganidan xursand…

Hayotda bizga berilayotgan har bir kun, har bir on sinov. Unutmaylik, bugun xursand bo’lgan bo’lsak, ertaga bizga sinov kelishi yoki dardlarni ketidan quvonchli kunlar kelishi mumkin.

Har bir holatimizga sabr qilishni o’rgatgan va shu holatimizga rozi qilib qo’ygan Allohga hamdlar bo’lsin.
#paradise_pg