Get Mystery Box with random crypto!

Windows and Android's

Telegram kanalining logotibi windows_androids — Windows and Android's W
Telegram kanalining logotibi windows_androids — Windows and Android's
Kanal manzili: @windows_androids
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 27
Kanalning ta’rifi

Akasini ukasi! Eski kanalni qisman yuritaman. To'liq bo'lmaydi, bo'la olmaydiyam.
Guruh: @windows_androids_chat
Murojaat uchun: @windows_androids_bot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-01-19 22:39:29Protsessorlarda trottling texnologiyasi nima va qanday ishlaydi?

Protsessorlar kompyuterning asosiy miyasi hisoblanadi va u boshqa qismlarga qaraganda qimmat turadi. Shu sababli, ishlab chiqaruvchilar ham bu qimmat qismni ishdan chiqishini oldini olishga harakat qilishadi.

Keyingi masala, protsessorga yuklama tushganda, u qizishni boshlaydi, harorat borgan sari oshaveradi. Protsessor turiga qarab, qancha maksimal haroratda ishlashini rasmiy saytlaridan ko'rib olishingiz mumkin.
Ba'zi protsessorlar 100 gradusda ham normal ishlaberadi. Harorat juda katta bo'lib ketganda, protsessor buziladi yoki kompyuter qayta yuklanadi, yana bir variant kompyuter o'chib, protsessor normal holatga kelmaguncha yoqilmaydi.

Protsessor katta haroratda ishlamasligi uchun, trottling texnologiyasi qo'llaniladi.
Trottling - protsessor harorati maksimal darajaga yetganda, avtomat ravishda protsessorning takt chastotasi tushishiga aytiladi. Takt chastotasi biz bilgan GHz'da o'lchanadigan qiymat bo'lib, bir sekundda bajariladigan ishga aytiladi, misol uchun, 2.4GHz, 3.2 GHz.

Demak, trottlig rejimi ishga tushganda, kompyuter ishlashi sekinlashishni boshlaydi, chunki sekundda bajariladigan buyruqlar soni kamayadi. Shuning uchun bu rejimga ham ahamiyat berish lozim.

Trottling rejimiga yetib bormaslik uchun, quyidagilarni bajarib turish lozim:
— Kompyuterni changdan tozalash;
— termopastani almashtirib turish;
— dasturlar orqali, haroratni nazorat qilib turish;
— kullerlar ishlashini nazorat qilib turish, kerak bo'lsa almashtirish.

Trottling rejimi protsessor uchun unchalik zararli emas, lekin kompyuter ishlashini anchagina sekinlashtiradi. Bu rejim protsessorni kuyib qolishidan saqlab turadi.

Protsessor haroratini AIDA64 dasturi orqali nazorat qilishingiz mumkin.

@windows_androids
46 viewsedited  19:39
Ochish/sharhlash
2021-01-19 22:35:25
Kompyuter protsessorlari (Intel va AMD)
#kompyuter

Intel va AMD protsessorlari haqida batafsil beruvchi dastur. O'zaro protsessorlarni solishtirish imkoniyati ham mavjud.

Manzil: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.ijsoft.cpul

@windows_androids

@foydali_apk1
42 viewsedited  19:35
Ochish/sharhlash
2021-01-19 22:33:08Videokarta hajmini aniqlash


Videokarta - ekranda ko'rsatilayotgan tasvir sifatiga javob beruvchi kompyuter qismi. Tasvir sifati muhim bo'lgan ishlar (3d, o'yin, montaj va b.) uchun videokarta kerakli hisoblanadi.
Kompyuterdagi videokarta hajmini hech qanday qo'shimcha dasturlarsiz ham aniqlash mumkin.

WIN+R ga dxdiag buyrug'ini kiritamiz va OK ni bosamiz, shunda biz "Средства диагностики DirectX" oynasini ochgan bo'lamiz.

"Экран (Монитор)" joyidan "Устройство" bo'limidan "Память дисплея (видеопамять)" nomli qatorni topamiz. Shu bizning videokartamiz hajmi.

Windows 10'da aniqlash uchun WIN+I bilan "Параметров" ga kiramiz va u yerdan "Система" -> "Дисплей" -> "Дополнительные параметры дисплея"

"Свойства видеоадаптера для дисплея 1" joyidan "Используется видеопамяти" nomli qatorni topamiz. Bilib oldik .

@windows_androids
46 views19:33
Ochish/sharhlash
2021-01-19 21:41:00
"Bepul sovg'alarni ulashmoqda" degan xabarlar lichka va guruhlarda aylanib qoldi. Linkka kirsangiz 12ta sovg'ani ichidan 3tasini tanlaysiz. 2tasi bo'sh chiqadi. Oxirgi imkoniyatizga qimmatabaho sovrin yutib olasiz. Yutuqni olaman desangiz viza karta so'raydi. Tersangiz puli bo'lsa yechib oladi. Bo'lmasa, dollardagi pulni kartangizga tashlab bo'lmadi. Oldin rubl ga konvertatsiya qilish kerak deb aytadi. Konvertatsiya qilish narxi uch yuz allambalo rubl. (50 allambalo so'mga to'g'ri keladi)
Konvertatsiya qilasiz. Katta ehtimol bilan yana harajat aytadi yoki bizga 50 minggam teshib chiqmaydi deb qo'y qilib aldab ketishadi. Qisqasi shunaqa gap.
Ishonmang, nimani bo'lsa tarqatavermang. Sizga jo'natishgan bo'lsa siz ham boshqasiga jo'natishga majburmassiz. Unutmang, hech kim sizga 3ta tugmani bosib qo'yganizga IPhone 12 pro berib yuboravermaydi. Idrok qiling. Tekin pishloq qopqonda bo'ladi!
@windows_androids
57 views18:41
Ochish/sharhlash
2021-01-18 19:31:52 Wondershare Filmora - bu barcha kerakli video tahrirlash vositalarini o'z ichiga olgan qulay video muharriri. Sarlavhali yuqori sifatli filmlarni yaratishga, filtrlarni, o'tish effektlarini va ovozni qayta ishlashga imkon beradi. Bundan tashqari, dastur do'stlaringiz va oilangiz bilan bo'lishish uchun videongizni to'g'ridan-to'g'ri YouTube-ga yuklashda, videoni iPhone, iPad, iPod va hokazo kabi ko'chma qurilmalarda ijro etish uchun saqlashda yoki DVD yozishda yordam beradi.

Ushbu versiya haqida
Turkum: #Multimedia
Versiya: v10.0.2.1
OS: Windows
OS Razryadi: x86 / x64
Interfeys tili: rus tili
Aktivatsiya: talab qilinmaydi

@windows_androids
64 views16:31
Ochish/sharhlash
2021-01-16 23:05:26
​​Янги лохозавр!

Мана шунақа сайтларга кирманг, бу энг оддий классический лохозавр. Бунга кирган абсолютна ҳамма "телефон ютволади"

Ўзим синаб кўрдим да "ютволдим"

Кейин ютуқ олиш учун пул сўрайди типа ютган телингизни жўнатиш учун там солиғи деб. Пул юборасиз ва ўша пулингизни ҳам телни ҳам унутасиз. Лох бўлманг.

@windows_androids
210 views20:05
Ochish/sharhlash
2021-01-15 12:12:41 @windows_androids
79 views09:12
Ochish/sharhlash
2021-01-15 12:12:41 @windows_androids
72 views09:12
Ochish/sharhlash