Windows tizimiga kirishda, parolni xato terganda, uni bloklash
#foydali
Parol bilan kiriladigan joylarda, maxfiylikni yana oshirish uchun, bir necha marotaba xato parol terilganda, uni bloklash imkoniyati bo'ladi. Misol uchun,
2 marotaba parol xato terilsa, qurilma(dastur)
60 daqiqaga bloklanadi, bu daqiqa ichida to'g'ri parol tersangiz ham ochilmaydi.
Windows tizimida ham bu imkoniyat mavjud, faqat uni sozlash lozim. Quyida, Windows tizimiga kirishda so'raladigan foydalanuvchi paroli
3 marotaba xato terilsa,
30 daqiqaga bloklash qanday amalga oshirilishini yozib o'taman.
1.
Win+R →
cmd va
Enter.
2. Nechi marotabaxato parol terilsa, bloklash lozimligini o'rnatamiz(
3 marotaba).
net accounts /lockoutthreshold:3
3. Nechi daqiqaga bloklash lozimligini kiritamiz(minimal qiymat
30 daqiqa, undan kam kiritsangiz xato beradi):
net accounts /lockoutduration:30
4. Kiritgan sozlamalarni ko'rish uchun quyidagi buyruqni yozamiz:
net accounts
Shundan so'ng, Windows tizimiga kirishda
3 marotaba xato terilsa, tizimga
30 daqiqa kiraolmaysiz, xatto kompyuterni qayta o'chirib, yoqsangiz ham.
Bu kod ishlidimi, yo'qmi, deb tekshirib yurmang, o'zimda tekshirib ko'rdim, barchasi ishladi, ishlaganligi uchun bu post
30 daqiqa kech yozildi).
@windows_androids