Get Mystery Box with random crypto!

Muhammadamin's ●BLOG

Telegram kanalining logotibi whoiam2035 — Muhammadamin's ●BLOG M
Telegram kanalining logotibi whoiam2035 — Muhammadamin's ●BLOG
Kanal manzili: @whoiam2035
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31
Kanalning ta’rifi

Qayerdan ham bilardingiz, ehtimol, qiyomat yaqindir! (Shuro,17-oyat)

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-01 20:30:02
#mulohaza

Hayotda juda ko'p marotaba shohid bo'lgan holatim haqida fikr yuritibdilar. Jamiyatimizda diniy madaniyat, ilmiy savodxonlik bo'lmasa, ma'zur tutasiz, ammo, tamaddun haqida o'ylay olmas ekanmiz.
23 viewsedited  17:30
Ochish/sharhlash
2023-01-01 20:29:45
#iqtibos

Millatimizning ikki tayanchi - din va tilga juda e'tiborsizmiz, balki-da ularning dushmanimiz. Ularga munosabatimiz, ular haqidagi fikrlarimiz qullarnikidek, bu borada haligacha mustamlaka kishanidan qutulmaganmiz. Shunday ekan erk, iqtisodiy taraqqiyot va moddiy farovonlik haqida o'ylashimiz, gapirishimiz va harakat qilishimiz befoyda. Avval madaniy o'zligimizni anglaymiz, shundan so'ng moddiy yutuqlarni qo'lga kiritamiz.

Mubashshir Ahmad
22 views17:29
Ochish/sharhlash
2022-12-31 12:48:08
#mulohaza

Hayotingda nimaiki ro'y berishidan qat'iy nazar shuni bil!

"Sen taslim bo'lish uchun yashayotganing yo'q!"

Faqat oldinga intil, marrani baland ol, maqsadga yet!

Robbingning: "Bo'shashmanglar! Toki mo'min ekansiz sizlar ustunsizlar", degan so'zini esdan chiqarma!
26 views09:48
Ochish/sharhlash
2022-12-30 00:32:25
#iqtibos

Avvalo namoz bandaning Alloh bilan bog'lanish vositasidir. Namozda banda Alloh bilan yolg'iz qolib, Unga munojot qiladi. Shu ibodat yordamida ruhiy, ma'naviy lazzat oladi. Namoz o'qish bilan banda o'zining barcha ishlarini Alloh taologa topshiradi. Shu namozi ila o'ziga omonlik, hotirjamlik va najot tilaydi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Mo'minning me'roji

@whoiam2035
30 views21:32
Ochish/sharhlash
2022-12-29 23:50:43
#iqtibos

Qiyomat kuniga iymon keltirmagan kishi bu dunyoga nima uchun kelganini bilmay, hayvon kabi yashab o'tadi. Chunki bu dunyodan yashashdan maqsad nimaligini bilmay o'tadi. Shuning uchun u goh mol-dunyo to'playdi, goh shahvatlarga beriladi, hayotini bemaqsad sovuradi.

Qiyomat kuniga iymoni bor kishi esa dunyo hayoti insonlarning oxiratdagi abadiy hayotining muqaddimasi ekanligini yaxshi biladi. Shuning uchun bu dunyoda oxirati uchun tayyorgarlik ko'radi, hayotini solih amallar va ezgu ishlar bilan bezaydi.

Shayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Mo'minning me'roji

@whoiam2035
52 viewsedited  20:50
Ochish/sharhlash
2022-12-29 22:38:16
#iqtibos

Kapitalizm zaharlagan dunyoda ko'p qavatli uyda yashash qishloqda turmush kechirishdan obro'liroq, ishlab chiqarishni tashviq etuvchi Islom iqtisodida esa oddiy cho'ponlik saroyda katta xarajat evaziga yashashdan afzalroqdir.

Ehson Shenojak

Islom iqtisodi: Global inqirozdan chiqish

@whoiam2035
25 views19:38
Ochish/sharhlash
2022-12-29 22:14:26
#iqtibos

Dunyo iqtisodiy hayotni to'laligicha qamrab oladigan bir iqtisodiy inqilobga muhtojdir.

Har yili Davos shahrida Dunyo iqtisodiy forumini o'tkazish an'anaga aylangan. 2006 yilda forumga rahbarlik qilgan spiker o'z nutqida, jumladan, shunday degan edi: "Bugun bizlar bir qarorga, ya'ni aniq bir to'xtamga kelib olishimiz kerak. Agar tubdan o'zgarish qilmasak, oxiri ko'rinmaydigan muammolar girdobida qolishimiz yoki tamomila cho'kishimiz muqarrar".

Endi kapitalizm yangi inqirozning oldini ololmaydi. Sotsializm ham bir necha o'lkalarning kambag'allikka yuz tutishiga olib keladi.

Siyosiy va iqtisodiy jihatdan dunyoda hukmron bo'lgan davlatlar Islom iqtisodiyotini hayotga tatbiq qilmayoygani yoki uni o'rganishga ham yo'l bermayotganining bosh sababi shuki, ular insoniyat olamida yangi dunyo ochilishidan qo'rqishadi.

Tarixiy hodisalar shuni ko'rsatadiki, kapitalizm va sotsializm va'da qilgan jannat hayoti, aslida, Islomdadir.

Ehson Shenojak

Islom iqtisodi: Global inqirozdan chiqish

@whoiam2035
23 viewsedited  19:14
Ochish/sharhlash
2022-12-29 21:37:13
#iqtibos

Alloh tijoratni halol, foizni harom qildi.

"Sudxo'rlar jin chalib ketgan odam kabi qo'padilar. Buning sababi - ularning: "Bay ham sudxo'rlikning xuddi o'zi" degan gaplaridir. Holbuki, Alloh bayni halol, sudxo'rlikni harom qilgan. Bas, kim Robbisidan nasihat yetgach, to'xtasa, u holda, avvalgi o'tgani o'ziga va uning ishi Allohga. Kim yana (sudxo'rlikka) qaytsa, o'shalar do'zax ahlidirlar va ular unda abadiy qoluvchidirlar." mazmunidagi oyati karimada Islomga xos iqtisodiy tizimning asosiy qoidalaridan biri ifodalangan. Kapitalizmda tijorat ham, foiz ham halol. Sotsializmda ham tijorat, ham foiz taqiqlangan. Islom dini tijoratni halol deyishi bilan sotsializmdan, foizni taqiqlashi bilan kapitalizmdan farq qiladi.

Sezai Karakach

Islom jamiyatining iqtisodiy strukturasi
22 views18:37
Ochish/sharhlash
2022-12-28 16:38:50 #mulohaza #murojaat

Agar kuzatuvchilarimiz ichida iqtisodchilar bo‘lsa, Ehson Shenojakning taklifiga labbay deb chiqishlarini so‘rab qolardim.

Bizga, zamonaviy o‘zbek jamiyatiga, global miqyosdagi siyosatshunoslar, iqtisodchilar, tibbiyot xodimlari, jamiyatshunoslar, ixtirochilar suv va havodek, balki undan ham ko‘proq zarur!

Musulmonlar hammadan ustun tamaddun, sivilizatsiyaviy asoslarga ega iqtisod, siyosat, ijtimoiy va ilmiy maydon ustida ekanligini isbot qiling.
22 viewsedited  13:38
Ochish/sharhlash
2022-12-28 16:38:35
#iqtibos

Kapitalizmni qurgan va uni qo'riqlagan g‘oya tarafdorlari Islomning ishlab chiqarish va bandlik atrofida jipslashgan iqtisodiy tizimi eksplutatsiyaga nuqta qo‘yishini anglab yetgan. Ular shuning uchun Islom dinini asos qilib olgan boshqaruv tizimlarini hukumatdan uzoqlashtirish uchun qattiq urinadilar.

...Kapitalizm rivojlanayotgan hozirgi vaqta musulmonlar milliy va xalqaro iqtisodiy poydevor yaratib, islomiy iqtisoddan xabardor olimlarni yetishtira olsa, yangi dunyo islomiy mamlakatlardan andoza olishi mumkin.

Harakat bizdan, tavfiq Allohdan.

Ehson Shenojak

Islom iqtisodi: Global inqirozdan chiqish
20 viewsedited  13:38
Ochish/sharhlash