Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza Butun boshli hayotimiz imtihondan iborat. Bir savol | Muhammadamin's ●BLOG

#mulohaza

Butun boshli hayotimiz imtihondan iborat. Bir savolli imtihon...

"Tashlayotgan qadamim, olayotgan nafasim, qarayotgan nazarim, gapirayotgan tilim, fikrlaydigan ongim Alloh buyurganidek-mi?"

Ana shu savolni har doim o'zimizga bersak hayotimiz kardinal ravishda o'zgaradi.

Sinovli dunyoda imtihoningdan o'ta olishimiz uchun О'zing madad ber!

Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan so‘ng qalblarimizni og‘dirmagin va bizga O‘z huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta Sening O‘zing ko‘plab ato qiluvchisan.

(Oli-Imron surasi, 8-oyat)