Get Mystery Box with random crypto!

Har biringiz qahramonsiz! Prezident maktabiga tayyorlangan ha | Wester Kids | Prezident maktabi tayyorlov

Har biringiz qahramonsiz!

Prezident maktabiga tayyorlangan har bir oʻquvchi qahramondir. Ular kunni kun demay, tunni tun demay oʻqishdi.

Oʻzlari 4-sinf boʻlishiga qaramay 5-6- sinflar bilan raqobatlasha oladigan darajaga chiqishdi. Fikrlashi va dunyo qarashi sezilarli darajada oʻsdi. Tayyorgarlik davrida guruhi bilan katta bir oila boʻlishdi va koʻplab yangi doʻstlar orttirishdi.

Ota-onalar ham farzandlari uchun tinim bilmay harakatda va izlanishda boʻlishdi. Yangi kitoblar olib berish harakatida yoki sifatli bilim qayerda berilsa, oʻsha joygacha olib borishdi. Kechalari soat 9-10 gacha farzandini darsini tugashini kutishdi. Mablagʻ va eʼtibor berib farzandini oʻqitgan ota-onalar sizlar ham Qahramonsiz!

Albatta, hali bu mehnatlaringiz rohatini koʻrasiz.

Prezident maktabiga kira olmagan oʻquvchilar hech shashdingizni tushurmang, sizlarni oldinda bundanda katta zafarlar kutmoqda!

Eng muhimi bilim oʻzingizda qoladi!

@wester_kids