Get Mystery Box with random crypto!

'Jenoa'da asosiy hujumchi bo‘lgan va bir yil ichida o‘zini mak | We Speak Football | Futbol haqida gaplashamiz

"Jenoa"da asosiy hujumchi bo‘lgan va bir yil ichida o‘zini maksimal ko‘rsatib, "Roma"ga ko‘chib o‘tgan Shomurodov karyerasida yana bir o‘zgarish guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Bugun Italiyada transfer bozorining so‘nggi kuni. Ketsa, ketdi. Bo‘lmasa, qishga qadar uni biz kubok o‘yinlarida 5-10 daqiqa ko‘rishimiz mumkin, xolos.

Terma jamoamiz liderining doimiy zaxirada o‘tirishi barcha muxlislar uchun og‘riqli. "Roma"ga o‘tish va Mourino qo‘l ostida to‘p tepishning o‘zi biz uchun katta voqelik. Endi futbol ham o‘ynash kerak.

Yulduzlar ichida xira nur sochayotgan Eldor haqida bugun yaxshi xabar eshitamiz, degan umiddamiz. Yo‘qsa, Rimda va butun Italiyada uni qidirib yurishimizga to‘g‘ri keladi.

@wespeakfootball