Get Mystery Box with random crypto!

'So‘g‘diyona'ning bugungi g‘alabasi 2024/25-yilgi mavsum uchun | We Speak Football | Futbol haqida gaplashamiz

"So‘g‘diyona"ning bugungi g‘alabasi 2024/25-yilgi mavsum uchun OCHLda O‘zbekistonning kvotalari oshishiga sabab bo‘ldi

Xabaringiz bor, "So‘g‘diyona" klubi bugun Tojikistonning "Xo'jand" jamoasi ustidan g'alaba qozondi. Buning natijasida O‘zbekiston 2024/2025-yilgi mavsumda OCHL uchun 3+1 kvotasini naqd qildi. Ya’ni 3 ta klubimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri musobaqa guruh bosqichiga yo‘l olsa, yana bir jamoamiz saralashda ishtirok etadi.

“So‘g‘diyona” va “Nasaf” bu mavsumda boshqa ochko ololmagan taqdirda ham, Eronning “Fulad” klubi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan taqdirda ham, O‘zbekiston hisobidagi ochkolar soni 45,057ni, Eronda esa 44,975ni tashkil qiladi.

@wespeakfootball