Get Mystery Box with random crypto!

Bilib qo'ygan yaxshi! Bo'lib to'lash (KREDIT) deyilsa, narx | 🔴WegoMobile🔴

Bilib qo'ygan yaxshi!

Bo'lib to'lash (KREDIT) deyilsa, narxlar arzonligini ko'rib ishtahangiz ochiladi. Koreyaga yangi kelganlar ba'zida qiziqish, ba'zida bilmaslik orqali "Line Phone"dan kreditga telefon xarid qilishadi. Bu foydalimi yoki zararli?

"Line Phone"dan kreditga telefon olsangiz, oyma - oy pul to'lab borishingiz shart. Bu oddiy ko'rinishi mumkin, lekin, siz pul to'lamagan kuningiz uchun "penya" ko'payib boraveradi, vaqt o'tishi bilan telefon narxi tushib ketadi kredit summasi esa telefoningizdan qimmat bo'lib ketishi mumkin.

Albatta "Line Phone"ni foydali taraflari ham bor. Ba'zi do'konlar 6 oy davomida kredit xarajatlarini o'z hisobidan to'lab beradi. Bunday xaridlar hisoblanganda xaridor uchun qulay va juda foydali bo'ladi. Har qanday xaridda yaxshi va yomon taraflarini bilib, o'z imkoniyatlaringizni hisobga olib xarid qilishni unutmang!

Postimiz, aziz mijozlarimiz uchun foydali bo'ladi degan umiddamiz. Biz, sizlarni yaxshi ko'ramiz va har biringiz uchun qayg'uramiz.

WegoMobile - Birgalikda quvonch ulashamiz!

010 8268 1441

Manzil: 서울시 영등포구 도림로 160 타워오피스텔 B01호

Telegram | Instagram | Facebook
Wegomobile