Get Mystery Box with random crypto!

Web dasturlash

Telegram kanalining logotibi webdev2126 — Web dasturlash W
Telegram kanalining logotibi webdev2126 — Web dasturlash
Kanal manzili: @webdev2126
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4
Kanalning ta’rifi

🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!
⁉️Hamkor: @Ozodbek_webdev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-03 12:30:57 Dasturlashning inson salomatligiga ta'siri.

• Toʻgʻri, dasturchilarning fikrlash qobiliyati boshqa odamlarnikidan ajralib turadi. Lekin bu ular boshqalarga qaraganda aqlliroq, mantiqiy fikrlashi yaxshiroq va oqilona degani emas. Biroq, yaqinda olimlar dasturlashning miyaga ta'sirini o'rganishni boshladilar va qiziqarli xulosalarga keldilar.

• Dasturlash fikrlash qobiliyatingizni shakllantiradi.

• Maʻlum boʻlishicha, siz oʻrgangan birinchi dasturlash tili sizning fikrlash usulingizning shakllanishiga katta taʻsir koʻrsatadi. Boshqacharoq qilib aytganda, siz oʻrganadigan birinchi dasturlash tili maʻlumotlar va algoritmlar tuzilishiga qanday munosabatda boʻlishingizga kuchli taʻsir qiladi.

• Dasturlash faqat matematika va mantiqiy fikrlash degani emas.

• 2014-yilda MRT tasvirlari yordamida tadqiqot oʻtkazildi. Olimlar kod bilan ishlaydigan dasturchilarning miya faoliyatini kuzatdilar. Maʻlum boʻlishicha, manba kodini oʻylash bilan band boʻlgan inson miyasining asosan tilni qayta ishlash, xotira va e'tibor uchun javobgar boʻlgan sohalari faollashgan. Qizig'i shundaki, miyaning matematik hisob-kitoblar uchun mas'ul bo'lgan sohalaridagi faoliyat kamdan-kam hollarda qayd etilgan.

• Kod yozish jarayoni inson miyasi salomatligiga ijobiy taʻsir oʻtkazadi.

• Miyani koʻpincha mushakka oʻxshatishadi va uning yaxshi ishlashi uchun uni doim mashq qildirib turish kerak deyiladi. Bu aniq toʻgʻrimi? Agar shunday boʻladigan boʻlsa, dasturlash miya salomatligiga taʻsir etish uchun yetarlimi?

• O'tkazilgan tadqiqotlarning birortasi ham aqliy faoliyat sizni aqlliroq yoki qobiliyatliroq qila olishini isbotlamadi. Ammo, aqliy mehnatni talab qiladigan vazifalar miya salomatligiga yaxshi taʻsir oʻtkazib, asab tizimi kasalliklari rivojlanishiga sezilarli tarzda toʻsqinlik qila olishini tasdiqladi.

Manba: webdev07
14 views09:30
Ochish/sharhlash
2022-04-24 20:06:19 Oradagi kichkina tanaffus uchun uzur...

Biz o'z ish foaliyatimizani tez orada boshlaymiz... albatta

Katta uzur bilan admin...
13 views17:06
Ochish/sharhlash
2022-02-13 04:23:41 Dunyoga mashhur 6 ta buyuk dasturchilar!

1. Larri Peyj va Sergey Brin – Google yaratuvchilari.
2. Sir-Tim Berners-Li – Internet tarmog’i yaratuvchisi.
3. Donald Knut – Algoritm qiroli;
4. Brendan Ike – JavaScript dasturlash tilining yaratuvchisi.
5. Jeyms Gosling – Java dasturlash tilini yaratuvchisi.
6. Bjarne Straustrup – C++ dasturlash tili asoschisi.

P.s. Siz ham buyuk bo'lishingiz mumkin. Faqat o'z sohangizning professionali bo'ling. Aynan IT sohada bo'lishingiz shart emas.
25 views01:23
Ochish/sharhlash
2022-01-27 22:55:51 Ulg'ayayotgan bolani necha yoshdan dasturlash kurslariga berish yoki dasturlashni o'rgatish mumkin?

— Biz tavsiya qiladigan yosh narmal 11 yoshdan so'ng bo'lib, iloji bo'lsa, 12 yoshdan o'tkandan so'ng o'rgating. Chunki bolada ayni 11 yoshgacha miyadagi aql bezlari va boshqa tanachalari rivojlanadi. Bu payitda bolaga elektron qurilma yoki shunga o'xshash nur chiqaruvchi vositalar berish mumkin emas.

— Farzandingizni dasturlash kasbi o'quv kurs (markaz) lariga normal 14 yoshdan bering. Bu payitda bolaning miya faolligi yuqori bo'ladi. Shuningdek bu yoshda miya ma'lumotni tez anglay oladi. Shunda ham bolaning qiziqishiga e'tibor bering, iltimos!

— Bolaga murakkab dasturlash tillarini o'rgatish va dasturlashni chuqur o'rgatish vaqti bu 14-18 yosh bo'lib, agar siz buni xohlasangiz va farzandingizning qiziqishi ham shunga bog'liq bo'lsa, ushbu maslahatga amal qiling. Bu juda muhim!

@webdev2022_23_24
23 views19:55
Ochish/sharhlash
2022-01-27 22:51:00 Web dasturlashni o'rganish uchun 4 ta sabab

1. Doimiy ish o'rinlari
2020-yilda taxminan 1.4 million IT sohada vakansiyalar ochilgan, ammo ulardan 400,000 ta o'rin egallangan xolos. Demak ushbu sohada talab doimo yuqori bo'ladi

2. Yuqori maosh
Nafaqat Yevropa va AQSH'da balki O'zbekistonda ham dasturchilar uchun yuqori maosh to'lanadi. AQSH Yangiliklar va Jahon axboroti ma'lumotlariga qaraganda, web dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha $64,970 to'lanadi.

3. Hech qanday diplom shart emas
Juda ko'plab IT kompaniyalar diplomsiz ishga qabul qilish tizimiga o'tdi. Dasturchi bo'lib ishlash uchun hech qanday diplom yoki 4 yillik oliy ta'lim olish majburiy emas.

4. Frilanserlik imkoniyati
Agar kompaniyalarda ish topa olmasangiz, frilanser sifatida ishlash imkoniyati ham bor. Ofisdan turib ishlash shart emas. Muhimi noutbuk va internet bo'lsa bas



@webdev2022_23_24
19 views19:51
Ochish/sharhlash
2022-01-27 22:19:30 «Google» siz haqingizda nimalarni biladi?

Bizda qanaqa muammo boʻlsa, "Ok Google" deb hal qilishga oʻrganib qolganmiz. Oddiyroq qilib aytganda u bizning eng yaqin doʻstimizga aylanishga ulgurgan. Lekin, shu doʻstimiz biz haqimizdagi 90 foiz maʼlumotlarni saqlab qoʻyishini bilasizmi?

«Google Search», «Google Maps», «YouTube Hosting» kabi tizimlardan biz har kuni foydalanamiz. Ular esa siz nimaga qiziqasiz, nimalarga koʻproq vaqtingizni ketkazasiz, nimalarni koʻrishingiz haqidagi barcha maʼlumotlarni toʻplaydi.

Uning nazarida siz qanaqa inson ekanligingizni «Google»ning maxsus havolasi orqali bilib oling https://adssettings.google.com/authenticated?hl=ru

Kanalimiz @webdev2022_23_24
16 viewsedited  19:19
Ochish/sharhlash
2022-01-27 22:08:06 Klaviaturada tez yozish bo'yicha saytlar:

www.typingclub.com — bu klaviturada tez, to'g'ri va xatosiz yozishni o'rgatadigan eng zo'r saytlarning biri.

tezyoz.uz — bu o'zbek tilida tez yozishni mashq qilish uchun eng yaxshi sayt.

play.typeracer.com — bu saytda do'stlaringiz yoki boshqalar bilan tez yozish bo'yicha musobaqalar o'tkazishingiz mumkin.

Kanalimiz @webdev2022_23_24
15 views19:08
Ochish/sharhlash
2022-01-27 22:02:45 Veb-saytlar qanday pul topishadi?

Statisik maʼlumotlarga koʻra hozirgi vaqtda 1.3 mlrd'dan ortiq veb-sayt mavjud ekan. Shu oʻrinda savol tugʻiladi, veb-saytlar qanday daromad topishadi?

Saytlarning yagona daromad manbai bu – reklama. Oddiy saytlardan tortib gigantlargacha (Youtube, Facebook). Siz ham oʻz veb-sayt'ingizni yaratib yaxshigina daromad topishingiz mumkin. Buning uchun siz veb-dasturlashni oʻrganishingiz kerak boʻladi.

HTML, CSS, Javascript, PHP kabi dasturlash tillarini oʻrganib oʻz saytingizni yaratish orqali ancha pul ishlab olishingiz mumkin.

Kanalimiz @webdev2022_23_24
15 views19:02
Ochish/sharhlash
2022-01-21 21:42:54 To‘g‘ri yozish uchun tavsiyalar
#tavsiya

Tinish belgisidan foydalanayotganda shu o‘rinda aniq shu belgi ishlatilishini bilsangiz, qo‘ying, bo‘lmasa, qo‘ymang. Shunda darak gapning oxirida ham so‘roq qo‘yib qo‘ymaysiz.

So‘zlarning to‘g‘ri yozilishini bilish uchun imlo lug‘at dasturlaridan foydalaning: muharrir, savodxon, imlo kabi dasturlar pley marketda bor.

Ko‘proq kitob o‘qing, diqqat bilan, albatta.

O‘zbekcha klaviatura o‘rnatib oling.

Yozgan matningizni yuborishdan oldin o‘zingiz o‘qib ko‘ring.

O‘z o‘rnida bosh harflar, tinish belgilarini qo‘yishga erinmang.

Internetda bo‘laveradi degan qoida yo‘q. Bu dangasa, savodsizlar o‘zini oqlash uchun o‘ylab topgan gap. Qaysi bir hurmatli kishini, biror ustozni kuzatsangiz, internetda ham to‘g‘ri yozadi. Mana shunday kishilarga o‘xshashga harakat qilish kerak.

Jargon, shevalardan yozuvda foydalanmang. Sof adabiy tilda yozishga harakat qiling.

Xabaringizni rahbaringizga yozsangiz ham shunday yozarmidingiz? Qarshingizdagi kishi rahbaringiz bo‘lmagani behurmatlik qilishga loyiq degani emas.

@Xatoliklar, @OrifTolib va @Kitaabun kanallarini kuzatib boring. Iloji bo‘lsa, hammasini o‘qib chiqing.
@Kitaabun

Dasturlashni birga o'rganamiz
Telegram: @webdev2022_23_24
13 viewsedited  18:42
Ochish/sharhlash
2022-01-21 21:34:01 Onlayn ta'lim platformalari
#manba / #internet

Alhamdulillah hozirgi kunga kelib o'zbek tilida sotilayotgan yoki bepul taqdim etilayotgan kurslar soni ko'payib qoldi. Bu esa barchaga ilmni istalgan joydan turib o'rganishga va kelajakda o'z yo'lini topishga yordam beradi. Quyidagi ro'yxatda o'zim bilgan o'zbek tilidagi, pullik va bepul kurslar e'lon qilib boriladigan platformalar ro'yxati keltirilgan (izohda o'zingiz bilgan platformalarni yozib qoldiring, biz qo'shib qo'yamiz):

Pullik va bepul kurslar:
• https://mohirdev.uz/
• https://onlinedars.uz/
• https://eduon.uz/

Bepul kurslar:
• https://xanakademiyasi.uz/
• https://tutorials.uz/

P.S.: Sharoitim yo'q deb kuni bo'yi yotadiganlarga: o'zingizga rahmingiz kelsin; izlagan doimo imkon topadi; bizdan harakat, Allohdan barakat.

Dasturlashni birga o'rganamiz
Telegram @webdev2022_23_24
13 views18:34
Ochish/sharhlash