Get Mystery Box with random crypto!

Qanday turdagi ish haqiga ishlagan ma'qul? Eslatma o'zim IT | Abdulaminxon Haydarov

Qanday turdagi ish haqiga ishlagan ma'qul?

Eslatma o'zim IT sohasida bo'lganim uchun ushbu maqoladagi ma'lumotlar asosan IT sohasiga tegishli. Oʻzimni tajribamdan kelib chiqib yozilgan.

O'zi IT sohasida men biladigan 3 turdagi ish haqi mavjud bular: soatbay (hourly), oylik (salary), loyihaga asoslangan (project based). Endi bularga birma bir to'xtalib o'tamiz.

Soatbay (hourly). Siz har bir ishlagan soatingizga haq olasiz odat kuniga 8 soatdan haftasiga 40 soat ishlanadi. Yaxshi tarafi siz ortiqcha (overtime) ishlaganingiz uchun ham haq olasiz. Faqat siz e'tiborli bo'lishingiz kerak ishingiz vaqtida kompaniya tarafidan tekshirib kerakli ishlar berib boriladimi, ish doimiy ta'minlanadimi. Aks holda katta ehtimol bilan siz kutib qolgan ishlaringizga haq olmaysiz.

Oylik (salary). Oylik bu eng yaxshi tanlov bo'lib. Siz ma'lum belgilangan summa har oy olib borasiz. Bunda kompaniya tomonidan ish yetkazib bera olmaslik muammosi kam sodir bo'ladi. Sizni kompaniya doimiy oylik bilan ta'minlash uchun oldindan harakat ko'rib yuradi.

Loyihaga asoslangan (project based). Siz ma'lum loyihalarga kelishuv asosida ishlaysiz. Ushbu holatda siz ko'p daromad qilishingiz mumkin lekin. Loyiha doim ham bo'lmaydi. Siz doimiy daromad olmaysiz.

Albatta oylik (salary) beradigan ish topishga harakat qilgan ma'qul. Qolganlarida doimiy daromad kelishi qiyin.

Telegram: @webdastur