Get Mystery Box with random crypto!

30-avgust kuni “Воинам-Узбекистанцам» yodgorlik majmuasi kompl | O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

30-avgust kuni “Воинам-Узбекистанцам» yodgorlik majmuasi kompleksini tashkil etish bo’yicha o’tkazilgan muzokarada WAYU va Yoshlar ishlari agentligi jamoasi ishtirok etdi.

Leningrad viloyatidagi o‘zbek diasporasi vakillaridan iborat “Jamoat maslahat” tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi kurashgan o‘zbek askarlari xotirasiga me’moriy yodgorlik o‘rnatilgan. Ushbu tadbirni tashkil etishda bevosita ishtirok etgan Leningrad viloyatidagi o‘zbek diasporasi rahbari R.Qurbonov “Лемболовская твердыня” yodgorlik majmuasi hududida “Воинам-Узбекистанцам” yodgorlik majmuasini barpo etish masalasini muhokama qilish uchun O'YUA va Yoshlar ishlari agentligi jamoasi bilan muzokara bo'lib o'tdi.

Suhbatda O’YUA raisi v.v.b I.Hamroyev hamda A.Komilov ishtirok etdi. Ushbu muzokara davomida mazkur yodgorlik majmuasini barpo etish jaroyonini amalga oshirish uchun O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiya va Yoshlar ishlar agentligi tomonidan amaliy ko'mak berilishiga kelishib olindi.

Telegram sahifamizga obuna bo’ling @wayuuz

LinkedIn | Instagram | Facebook

www.wayu.uz