Get Mystery Box with random crypto!

25-26-avgust kunlari Qirg‘z Respublikasining Issiq-Ko‘l viloya | O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

25-26-avgust kunlari Qirg‘z Respublikasining Issiq-Ko‘l viloyatida oʻtkazilgan “Kelechek” MDH va YOII yoshlar forumi bo'lib o'tdi.

Ushbu forumda O‘zbekiston Respublikasining rasmiy delegatsiyasi tarkibida O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining xodimi ham ishtirok etdi. Forum maqsadi – MDH va YOII mamlakatlarining yoshlari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek yoshlar tashkilotlari bilan professional aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo'lgan tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlarining yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati, kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida, shu bilan birga, barcha sohalardagi innovatsiya va tendensiyalar bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Kelajakda MDH davlatlari bo’yicha O’zbekistondagi shaharlaridan birini “Birinchi MDH davlatlari yoshlari poytaxti” qilish taklifi berildi.

Telegram sahifamizga obuna bo’ling @wayuuz

LinkedIn | Instagram | Facebook

www.wayu.uz