Get Mystery Box with random crypto!

#rasmiymunosabat #krasnodar Ijtimoiy tarmoqlarda Krasnodarda | O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

#rasmiymunosabat #krasnodar

Ijtimoiy tarmoqlarda Krasnodarda bo‘lib turgan bir necha oʻzbekistonlik yoshlarning Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti vakillari tomonidan aldanib, hozir ko‘chada qolib ketganligi haqidagi videomurojaati tarqaldi.

Videomurojaatda ma'lum qilinishicha, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 3 yil davomida 3+2 qo‘shma dasturi bo‘yicha ta’lim olib kelgan vatandoshlarimiz o‘qishni davom ettirish uchun Krasnodarning Kuban davlat institutiga borgan, ammo ikki oliy ta'lim muassasalari o'rtasida imzolangan shartnomalar bekor qilinganligi sababli o'qishga qabul qilinmagan.

Hozirda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi ishchi guruhi vatandoshlarimizning oila a'zolari bilan aloqaga chiqdi. Ayni damda ushbu masala assotsiatsiya ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.

Telegram sahifamizga obuna bo’ling @wayuuz

Telegram | Instagram | Facebook

www.wayu.uz