Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston delegatsiyasi “Birinchi koʻp tarafli yoshlar almas | O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

Oʻzbekiston delegatsiyasi “Birinchi koʻp tarafli yoshlar almashinuv dasturi”da ishtirok etishdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan joriy yilning 14 — 21-avgust kunlari “Birinchi koʻp tarafli yoshlar almashinuv dasturi” tashkillashtirildi. Dasturda tashkilotga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlardan umumiy hisobda 33 nafar yoshlar qatnashishdi. Shu qatorda O’YUA tashkilotining xodimlari ham ishtirok etishdi.

Turkiyaning Istanbul va Bursa shaharlarida boʻlib oʻtgan tadbirlarda yoshlar Turkiyaning tarixiy qadamjolari, zamonaviy madaniyat, san’at va ilm-fan maskanlariga sayohat qildilar.

Dastur davomida madaniy kechalar, delegatsiyalarning oʻz mamlakatlari tarixi, madaniyati, san’ati va yoshlar siyosati borasidagi chiqishlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

WAYU telegram sahifasiga obuna bo’ling - @wayuuz

Telegram | Instagram | Facebook

www.wayu.uz