Get Mystery Box with random crypto!

Musofir xayriya loyihasi doirasida Rossiyada koʻchada qolgan y | O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

Musofir xayriya loyihasi doirasida Rossiyada koʻchada qolgan yurtdoshimizga koʻmak berdi

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan 'Musofir' xayriya loyihasi xorijda ogʻir ahvolda qolgan oʻzbekistonlik fuqarolarga koʻmak berib kelmoqda.

Yaqinda Andijon viloyatilik 33 yoshli A.R Rossiya Federatsiyasida oʻz ukasi tomonidan boshpanasidan haydalib, koʻchada qoladi. Yordam soʻrash maqsadida bizga murojaat yoʻlladi.

Rossiya Federatsiyasidagi vakilligimiz tomonidan shoshilinch ushbu fuqaro bilan koʻrishib, muammolar oʻrganilib, 'Musofir' loyihasi doirasida yigʻilgan pul mablagʻlari evaziga barcha yordamlar koʻrsatilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz