Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli vatandoshlar! 2021-yil 18-dekabr kuni O’zbekiston yo | WAYU.KOREA

Hurmatli vatandoshlar!

2021-yil 18-dekabr kuni O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan “O’zbekiston Yoshlari Forumi-2021” tashkil etilayotganidan xabaringiz bor.

Tadbirda Koreya Respublikasida aniq, gumanitar va tibbiyot yo’nalishlarida ta’lim olayotgan yoshlarimizning ilmiy ishlari taqdimotlari bo’lib o’tadi. Shuningdek, tadbir davomida o’zbek milliy madaniy chiqishlari va qiziqarli intellektual o’yinlar bo’lib o’tishi ham rejalashtirilgan.

Ma’lumki, 17-dekabrdan boshlab Koreya Respublikasi hududida karantin choralari kuchaytirildi va ushbu o’zgarishlar sababli yuqoridagi forumda tomoshabin bo’lib qatnashish istagida bo’lgan yoshlarning sonini Seul Hokimiyati tomonidan belgilangan yangi cheklovlar sababli 70 kishidan 50 kishiga tushirilganini bildirib o’tmoqchimiz.

Qabul qilingan yangi choralar Koreya hukumatining qarori hisoblanadi. Shu sababli vatandoshlardan kelib chiqgan holat yuzasidan bizni tog’ri tushunushini so’rab qolamiz.


Forumni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://us02web.zoom.us/j/82435628319?pwd=WFM0VnE1OFhxT3JmbmUxM3NzcnNoZz09

Sana: 2021-12-18
Vaqt: 13:00~17:00

Forumda qatnashishi tasdiqlangan hamyurtlarimiz uchun manzilni yana bir bor quyida keltirib o’tamiz:

Manzil: Seul Global Center 9F, Xalqaro majlislar zali (International meeting hall)
서울특별시 종로구 종로 38 (서린동) 9 층 국제회의장
Sana: 2021-12-18
Vaqt: 13:00~17:00