Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat tanlov Koreya Respublikasida Magistratura hamda Dokto | WAYU.KOREA

#Diqqat tanlov

Koreya Respublikasida Magistratura hamda Doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan hurmatli o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar!

Vatandoshlarimiz o‘rtasida ilm-fanni ommalashtirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarning faolligini oshirish maqsadida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakilligi tomonidan 2021 yil 18-Dekabr kuni “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” tadbiri tashkil etilmoqda.

Forum doirasida Magistratura va Doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan yosh olimlarimizning ilmiy ishlari taqdimotlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan Magistratura va Doktorantura bosqichlarida ta’lim olayotgan yoshlarimiz quyidagi ariza ilovasini to‘ldirib chiqishingizni so‘raymiz.

https://forms.gle/1YHMtxwMTiT8FaUj9

Eng yaxshi ilmiy ish hamda taqdimotchi pul mukofoti bilan taqdirlanadi va forum ishtirokchilari uchun barcha trasnport chiqimlari qoplab beriladi.

Yo‘nalishlar:
- Aniq fanlar (Axborot texnologiyalari va Muhandislik yo‘nalishlari)
- Gumanitar fanlar (Biznes, Iqtisodiyot va Turizm yo‘nalishlari)
- Ta’lim va Tibbiyot yo‘nalishlari

Ariza to’ldirish muddati: 2021.12.03~ 2021.12.12