Get Mystery Box with random crypto!

Talabalarimiz uchun O’zbekistondagi foydali ilmiy ma’lumotlar | WAYU.KOREA

Talabalarimiz uchun O’zbekistondagi foydali ilmiy ma’lumotlar bazalari haqida.

Koreya Respublikasida turli darajalarda ta’lim olayotgan va ilmiy ishlar ustida izlanayotgan talabalarimiz uchun O’zbekiston milliy kutubxonasi qoshidagi ma’lumotlar bazalaridan ochiq foydalanish bo’yicha xabar berib o’tamiz.

1. To’liq matnli elektron resurslar portali - www.natlib.uz (154453 ta resurs);

2. Nodir va qo’lyozma asarlarning ma’lumotlar portali - nodir.matlib.uz (turli tillardagi 2282ta kitob, 122ta qo’lyozma, 24ta albom, 2820ta davriy nashr);

3. Ilmiy ishlar ma’lumotlar portali - diss.natlib.uz (25574ta resurs);

4. Vaqtli matbuot ma’lumotlar portali - press.natlib.uz (1935-2021 yillar oralig’ida 50 nomdagi 54302ta gazetalarning elektron shakli);

5. QR-kodli kitoblarning ma’lumotlar portali - qr.natlib.uz (380ta kitob)

6. Media portal - media.natlib.uz (158ta video, 630ta audio resurs);


O’ylaymizki, ushbu portallar sizning faoliyatingizda, ilmiy ishlaringizda foydali bo’ladi.